EKOLOGIK BARQARORLIK – TARAQQIYOT OMILI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tizimda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi B.Alixonov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz farovonligini yanada oshirishga doimiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Aholining yaxshi sharoitda yashashi, xususan, qulay atrof-muhitni ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu jarayonda tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un rivojlantirilmoqda.
Ekoharakat vakillari sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Bu borada ayni paytda yangi qonunlar, jumladan, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi va “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”gi qonunlarni ishlab chiqish hamda amaldagi ekologiya sohasidagi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish ustida ish olib borilmoqda.
Atrof-muhit va aholi salomatligi muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish yo‘nalishlarida ko‘plab loyihalar hayotga tatbiq etilayotir. Yoshlarning ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish maqsadida istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari, suv havzalari va boshqa jamoat joylarini ozoda saqlashga qaratilgan “Yurtimizni obod qilaylik!” shiori ostida amaliy tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Onajonim tabiat”, oliy o‘quv yurtlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya”, “Tibbiyot, onalik va bolalikni muhofaza qilish va ekologiya” mavzularida tanlovlar tashkil etilmoqda.
Ekologik barqarorlikni ta’minlashda jamoatchilikning ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida markazda va joylarda keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari tashkil etilayotir. Ularda aholining ekologik madaniyatini oshirish, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash borasidagi muammolar yechimini topish, bu jarayonga yoshlarni keng jalb qilish kabi masalalar qamrab olinmoqda.
Ekoharakat tomonidan aholi turar joylarining ekologik va sanitariya-epidemiologik holatini o‘rganish, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish ham doimiy e’tiborda. Bu yo‘nalishda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Yig‘ilishda 2016-yilda Ekoharakat ustavi va dasturiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlariga uslubiy yordam ko‘rsatish, ekologik ta’lim tizimini rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
O‘zA