EKOLOGIK MADANIYAT – YURT FAYZI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘limi va Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkorligida yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda mutaxassislar sohaga oid qonunchilikning ijrosi bo‘yicha poytaxtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, tabiatga ehtiyotkorona munosabatning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati haqida so‘zlab berdi.
– Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qilish, yurtimizni har tomonlama obod etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlar guruhi a’zosi A.Qurbonov. – Bu bebaho ne’matlarning qadriga yetish, asrab-avaylash har birimizning burchimiz. Yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik nazoratda ishtirokini kengaytirish maqsadida targ‘ibоt-tushuntirish ishlari olib bormoqdamiz.
Tadbirda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish xususida so‘z yuritildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.