Ekologik ta’lim samaralari
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda «Yoshlarning ona tabiatga bo‘lgan mehrini oshirish – dolzarb masala» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi Yoshlar qanoti tomonidan tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekoharakat deputatlar guruhi a’zolari, Ekoharakat yosh faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ekologik ta’limni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar samarasida ekologik ta’limning huquqiy asoslari shakllantirildi, ta’lim muassasalarida yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan darslar samarali o‘qitilmoqda. Jamoatchilikning atrof-muhit barqarorligiga oid bilim va saviyasini yuksaltirish, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilayotir.
O‘zbekiston Ekologik harakati Yoshlar qanoti navqiron avlodning intellektual, ijodiy va ilmiy salohiyatidan unumli foydalanib, sohadagi targ‘ibot ishlariga ularni keng jalb qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.
– Tabiatni muhofaza qilish aholi, ayniqsa, yoshlarning dolzarb vazifalaridan biridir, – deydi Ekoharakat Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi Yoshlar qanoti yetakchisi Azizbek Botirov. – Mamlakatimizda ekologik ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davra suhbatida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, bu boradagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar kabi mavzularda fikr almashildi.
"Jahon" AA