Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

EKOLOGIYA MUHOFAZASI: YANGI ISLOHOTLAR, SAMARALI LOYIHALAR AMALDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
EKOLOGIYA MUHOFAZASI: YANGI ISLOHOTLAR, SAMARALI LOYIHALAR AMALDA

Xalqaro press-klub sessiyasida mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari O.Ahmadjonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati F.Quvvatov va boshqalar mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Bu boradagi ishlar samaradorligida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-apreldagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoni va "2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori muhim omil bo‘layotir. Mazkur huquqiy hujjatlarga muvofiq ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.

Yurtimizda ekologiya va sanitariya muhitini yanada yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlash, shahar va qishloqlarimizning yanada obod bo‘lishi, ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qiluvchi kompleks tadbirlar belgilangan. Ular tizimli tatbiq etilmoqda. Jumladan, “Toza hudud” davlat unitar korxonalari tashkil etildi. Bugun 1 ming 400 dan ziyod maxsus texnika, 4 ming 350 ga yaqin chiqindi to‘plash shoxobchasi, 5 ming 660 konteyner, 120 chiqindi poligoni mazkur korxonalar balansiga o‘tkazilgan. Tizimda 10 mingdan ortiq mutaxassis va ishchi atrof-muhit muhofazasi, hududlarimizni obodonlashtirishga xizmat qilmoqda.

Chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun abonentlar bilan shartnomalar tuzish ishlari olis tumanlar va qishloqlarda izchil davom ettirilmoqda. To‘lovlarni qabul qilishning elektron hamda chiqindi tashish maxsus texnikalari harakatini masofadan kuzatish tizimlarini joriy etish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Kelgusida jarayonga yangi texnikalar jalb qilinadi.

Mamlakatimizda zamonaviy texnologiyalar yordamida qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, ularni qayta ishlash borasida ilg‘or tajriba ommalashmoqda. Bugun bu yo‘nalishda faoliyatini boshlagan tadbirkorlik sub’ektlari soni ortmoqda. Ular uchun barcha sharoitlar, huquqiy asoslar mavjud.

Afsuski, chiqindilarni qayta ishlashga taalluqli muammolar ham yo‘q emas. Qattiq maishiy chiqindilarni birlamchi saralashning aniq mexanizmi yaratilmagan. Ularni poligonlarda saqlash usuli saqlanib qolmoqda. Bu qattiq maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoning foydali komponentlari yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, aksariyat chiqindilar poligoni ekologik va sanitar talablarga javob bermaydi. Ular atmosfera, tuproq, yer osti va yer usti suvlarini ifloslantiruvchi, turli yuqumli kasalliklar manbaiga aylangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 140 chiqindi poligoni mavjud. Joriy yilda ularning sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, poligonlar atrofini devor bilan o‘rash, maxsus texnika vositalari yo‘lini asfaltlash, kommunal xizmatlarni yo‘lga qo‘yish kabi ishlar amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar fikricha, ayrim poligonlar nafaqat sanitariya talablariga javob bermaydi, balki, ular joylashgan hudud noto‘g‘ri tanlangan. Aslida, chiqindi poligonlari uchun joy tanlashda aholi punktlari masofasi, shamolning doimiy esish taqvimi, yer osti va yer usti suvlarining xaritasi hisobga olinishi lozim.

Tadbirda puxta o‘ylanmay tashkil qilingan 3 poligon faoliyati to‘xtatilgani, yana 10 poligonni yopish borasida ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi. O‘z navbatida, chiqindi poligonlarini tartibga keltirish uchun loyihalar ishlab chiqilgan. Hozirda ular asosida qurilish ishlari boshlangan.

Xalqaro press-klub sessiyasida sohaga doir qator masalalar yuzasidan ma’lumot berildi, istiqbolli rejalar haqida aytildi. Jurnalistlar savollariga javob qaytarildi.

www.uza.uz