EKOLOGIYA VA JAMOATCHILIK NAZORATI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari faoliyatini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda qo‘mita mas’ul xodimlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Seminarda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida atrof-muhitni muhofazalash bilan bog‘liq dolzarb vazifalarni hayotga tatbiq etishning mustahkam bazasi, tashkiliy asoslari yaratilgani jamiyatimizning barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi. Bu borada qabul qilingan qator qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar sohadagi faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Ayni paytda ushbu masalalarni hal etishda davlat organlari bilan birga fuqarolik jamiyati institutlari hamda mahalla faollari aholi orasida keng tushuntirish va targ‘ibоt ishlarini olib bormoqda. Bu boradagi ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etishda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan "Ekologik nazorat to‘g‘risida"gi qonuni muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir.
Mazkur qonunda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida mutlaqo yangi yo‘nalish – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari huzurida ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari institutini joriy etish belgilangan. Ushbu sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislar ekologik holat va atrof-muhitning jamoatchilik inspeksiyasi tizimini shakllantirishga ko‘maklashishi, bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish va mustahkamlashga doir takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur o‘quv-seminardan ko‘zlangan maqsad tinglovchilarga ekologik nazoratning jamoatchi inspektori vakolatlari, majburiyatlari, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishning usul va yo‘llari, uning natijalarini rasmiylashtirish, davlat organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat.
Seminarda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish borasidagi dolzarb masalalarga yechim topish ko‘p jihatdan aholining ekologik bilim darajasi va tabiatdan foydalanish madaniyatiga bog‘liq ekanligiga e’tibor qaratildi. Bu boradagi zarur bilimlarni o‘rganish, ularga qat’iy amal qilish va salbiy o‘zgarishlarning oldini olish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yanada rivojlantirishda jamoatchi inspektorlarining o‘rni katta ekanligi qayd etildi.
Seminarda “Ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va uning asoslari”, “Jamoatchilik ekologik nazoratining nazariy va amaliy jihatlari”, “Er resurslarini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida jamoatchilik ekologik nazorati”, “Chiqindilar boshqaruvi sohasida jamoatchilik ekologik nazorati” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
O‘quv-seminar davomida amaliy mashg‘ulotlar olib borilib, tinglovchilarga atmosfera havosini, suv, yer resurslarini muhofaza qilish sohalaridagi qonunbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish kabi qator ekologik muammolar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
O’zA