EKOLOGIYA VA YOSHLAR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Toshkent kimyo-texnologiya institutida mamlakatimizda biologik xilma-xillikni muhofazalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlar guruhi a’zolari, O‘zbekiston Ekologik harakati faollari, Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, talabalar va jurnalistlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati O.Mamarahimov va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ekologiya sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mustahkam huquqiy asoslar yaratilgani tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishda muhim omil bo‘layotganini alohida ta’kidladi.
Global va mintaqaviy ekologik muammolarning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida mamlakatimiz 1995-yilda biologik xilma-xillikni muhofazalash bo‘yicha BMTning xalqaro konvensiyasiga qo‘shilgan edi. Ushbu yo‘nalishda qabul qilingan milliy strategiya va harakat rejasi asosida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda tabiat qo‘riqxonalari, biosfera rezervati, tabiat milliy bog‘i, tabiat yodgorliklari, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklar, yurtimiz hududidan oqib o‘tuvchi daryolarning suvni muhofaza qilish zonalari, suvli-bоtqoqli hududlarni qamrab olgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi yaratilgan. Bu chora-tadbirlar noyob hayvon va o‘simlik turlarini asrash va ko‘paytirish, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish, suv va tuproq ifloslanishining oldini olish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotir.
2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunlar asosida bu jabhadagi ishlar yanada kengaymoqda.
Davra suhbatida mamlakatimizda biologik xilma-xillikni saqlash borasida erishilayotgan natijalar, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha yangi tahrirdagi qonunlarning mazmun-mohiyati, ekologik barqarorlikni ta’minlashda tutgan o‘rniga oid ma’ruzalar tinglandi. Ekologik qonunchiligimiz tamoyillarini hayotga tatbiq etish, jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirishda davlat, jamoat tashkilotlari va ta’lim muassasalari hamkorligi xususida fikrlashildi.
O’zA