EKOLOGIYA VA YOSHLAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Ekologiya harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan Nukusda “Barkamol avlodni kamolga yetkazishda ekologik tarbiyaning o‘rni” mavzusida tashkil etilgan seminarda bu alohida ta’kidlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologiya harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi mutaxassislari, o‘qituvchilar va yoshlar ishtirok etgan tadbirda yoshlarni ona tabiatni asrab-avaylashga o‘rgatish, ularning o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘quvchilar o‘rtasida ekologik sanalarni keng nishonlash, tabiat qo‘yniga sayohat uyushtirish, maktablarda tabiatni o‘rganishga doir turli seksiyalar tashkil etish orqali yoshlar ongiga ekologik tarbiyani singdirish xususida fikr almashildi.
Mutaxassislar tomonidan ona zaminimizda o‘sayotgan 1 tup daraxt bir yil davomida 6 kishini kislorod bilan ta’minlashi, 1 gektar maydondagi igna bargli daraxtlar yiliga 30 tonna, yaproqli daraxtlar 16 tonna kislorod ishlab chiqarishi mumkinligi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
– Biz nafas olayotgan havoning musaffoligini ta’minlash uchun ko‘plab daraxt ko‘chatlari o‘tqazishimiz zarurligini o‘quvchilar yaxshi tushunishdi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektori Muratboy Yesemuratov. – O‘g‘il-qizlar kuz faslida to‘kilayotgan xazonlarni yoqish oqibatida havoga ko‘tarilayotgan tutun yon-atrofga, ayniqsa, odamlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldi.