“EKOMAKTAB” MARKAZI TOMONIDAN YANGI AXBOROT MAHSULOTI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Poytaxtimizda “Ekomaktab” ekologik-resurs markazi tomonidan “Atrof-muhit muhofazasida qonunchilikning profilaktik buzilish talablari va CITES konvensiyasi majburiyatlarini bajarishda ko‘maklashish” loyihasi doirasida yangi axborot mahsuloti taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ushbu loyiha atrof-muhit muhofazasi va biologik xilma-xillikni himoya qilishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Tadbirda mamlakatimizda mustaqillik yillarida ekologik muammolarni bartaraf etish va ularning salbiy ta’siri oldini olishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Ekotizimlar va atrof-muhitning tabiiy holatini saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va uni qayta tiklash ishlari izchillik bilan bajarilmoqda.
Loyiha doirasida tasviriy-ko‘rgazmali qo‘llanma tayyorlandi. Mazkur nashr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi loyihasi asosida ishlab chiqildi. Uni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti, Butunjahon yovvoyi tabiatni asrash fondi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.
Yovvoyi o‘simlik va hayvonlar xalqaro savdosi kundan-kunga avj olib bormoqda. Bu kabi tijorat, ayniqsa, o‘simlik va hayvonlarning u mamlakatdan bu mamlakatga noqonuniy olib o‘tilishi, ular turlarining borgan sari kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu qo‘llanmadan ko‘zlangan maqsad – o‘simlik va hayvonlar turlarini aniqlashda bojxona xodimlariga ko‘mak berish, ularning ba’zi turlarini noqonuniy olib kirish va olib chiqish, konvensiyada belgilangan hamda yo‘qolib ketish xavfi bor yovvoyi flora va fauna haqida tushunchalar berishdan iborat. Qo‘llanmada O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan, CITES ilovasiga qo‘shilgan o‘simlik va hayvonlar, ov o‘ljalari – ommaviy eksport obyektlari haqida atroflicha ma’lumot keltirilgan.
Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
O’zA