EKSKLYUZIV: MUN CHJE IN MIRZIYOYEVNI KOREYAGA NIMA UCHUN TAKLIF QILGANIGA IZOH BERDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida Janubiy Koreya – O‘zbekiston biznes-forumida qatnashdi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning forum ishtirokchilariga qutlovi o‘qib eshittirildi.
“Yonhab” agentligi mamlakat yetakchisining so‘zlaridan iqtibos keltirgan:
– Yangi siyosat doirasida, Yevroosiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish uchun yangi komissiya tuzishni, shuningdek, iqtisodiy, transport va energetika singari turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Ushbu reja markazida Markaziy Osiyoda muhim davlat sanaluvchi O‘zbekiston bor. – degan Mun Chje In.
Janubiy Koreya Prezidenti o‘zbekistonlik hamkasbini shuning uchun Seulga davlat tashrifi bilan taklif qilgan.
"Men O‘zbekiston Prezidentini Markaziy Osiyo mamlakatidan birinchi davlat rahbari sifatida mamlakatga tashrif buyurishga taklif qildim va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni davom ettiraman", degan Janubiy Koreya Prezidenti o‘zining Chxonvade qarorgohi bayonotiga tayangan holda.
Mun Chje In va Shavkat Mirziyoyev kunning ikkinchi yarmida tor va keng diorada muzokaralar olib borishi kutilmoqda. Kechga borib, O‘zbekiston Prezidenti hamda uning rafiqasi sharafiga Mun Chje In va uning turmush o‘rtog‘i tomonidan bayram dasturxoni yoziladi.