EKSPERTLAR GURUHLARINING YIG‘ILISHI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida joylarda uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun hududiy seminar-treninglarni uyushqoqlik bilan tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan ekspertlar guruhlarining yig‘ilishi videokonferensaloqa shaklida o‘tkazildi.
Tadbirda Markaziy, okrug saylov komissiyalari a’zolari, deputatlar, saylov huquqi sohasi bo‘yicha olim va mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, Markaziy saylov komissiyasining 13 oktabrdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan tadbirlar rejasi qabul qilingan edi. Ushbu reja asosida respublika seminar-treningi shu yilning 20-oktabr kuni o‘tkazildi.
1-10-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyalari va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimlarini yanada yuksaltirish hamda ularning saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish belgilangan.
Shuni hisobga olgan holda yig‘ilish ishtirokchilari uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun hududiy seminar-treninglarni uyushqoqlik bilan o‘tkazish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Qayd etilganidek, o‘tkaziladigan tadbirlardan maqsad uchastka saylov komissiyalari barcha a’zolarini qamrab olgan holda komissiya faoliyatining muhim jihatlariga, chunonchi saylov uchastkalarini jihozlash, saylovchilar ro‘yxatini tuzish va unga o‘zgartishlar kiritish, muddatidan oldin ovoz berishni hamda saylov kuni ovoz berishni tashkil qilish, kuzatuvchilar instituti ahamiyati, ommaviy axborot vositalarining saylov jarayoni ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashdagi roli singari muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratishdir.
So‘zga chiqqanlar hududiy seminar-treninglarni erkin fikr almashuvi, savol-javob tarzida o‘tkazish yuzasidan o‘z takliflari va tavsiyalarini bildirishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi