EKSPERTLAR SAYLOV UCHASTKASIDA O‘TKAZILGAN SEMINAR-TRENINGDA ISHTIROK ETDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Markaziy saylov komissiyasi ekspertlar guruhi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro saylov okrugi va saylov uchastkalarida o‘tkazilayotgan seminar-treninglarda ishtirok etmoqda.
Peshku tumanida tashkil etilgan shunday tadbirda hududda faoliyat yuritayotgan 30 uchastka saylov komissiyasi raislari, ularning o‘rinbosarlari, kotiblari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda mamlakatimizda xalqaro huquq normalariga to‘la javob beradigan mustahkam milliy saylov qonunchiligi yaratilgani ta’kidlandi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, muddatidan oldin ovoz berish jarayoni, saylov kuni ovoz berishni tashkil etish, ovoz berishni yakunlash, ovozlarni sanab chiqish va rasmiylashtirishda uchastka saylov komissiyalarining vazifalari haqida atroflicha tushuncha berildi.
Saylov jarayonlari borishini kuzatish uchun saylov uchastkalariga xalqaro tashkilotlar vakillari hamda mahalliy kuzatuvchilar keladi. Ushbu kuzatuvchilarning vakolatlari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi.
– Bugungi seminar huquqiy bilimimizni yanada oshirish va saylovning keyingi bosqichidagi vazifalarimizga bag‘ishlangani bilan ahamiyatli bo‘ldi, – deydi Peshku tumanidagi 222-uchastka saylov komissiyasi raisi I.Avazov. – Seminar dasturi doirasida namoyish qilingan uchastka saylov komissiyasining saylov kunidagi faoliyatiga doir o‘quv filmi qonunchilikni amalda qo‘llash borasidagi amaliy ko‘nikmamizni takomillashtirishga yordam berdi.
O’zA