Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

EKSPORT HAJMI ORTMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
EKSPORT HAJMI ORTMOQDA

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar samarasida yaratilayotgan qulay investitsiya muhiti mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan qo‘shma va xorijiy korxonalarning barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari bu borada muhim omil bo‘layotir.

Namangan viloyatida xorijiy investorlar ishtirokidagi 60 ga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Uychi tumani Yorkatay qishlog‘idagi “Mega tekstil” xorijiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

“Ortasya Tekstil Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi” kompaniyasi ta’sischiligida 1 million 450 ming dollar miqdoridagi nizom fondi bilan 2010-yilda ish boshlagan korxona paxta xomashyosidan ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Paxta tolasini tarash, piltalash, piliklash, yigirish va qayta o‘rash kabi to‘rt bosqichdan iborat jarayon zamonaviy dastgohlarda bajarilmoqda. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati o‘rtacha 1080 tonnani tashkil etadi.

– O‘tgan yili korxonada 4 milliard 255 million so‘mlik 800 tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi, – deydi korxona direktori Komiljon Mamatchayev. – Mahsulotning qariyb 70 foizi eksport qilindi. 2014-yilda eksport hajmi 676 mingdan ziyod dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich qariyb ikki barobar oshdi.

Prezidentimizning 2015-yil 24-noyabrdagi “2016-2019-yillarda Namangan viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida bu yerda joriy yildan boshlab 1 million 800 ming dollarlik istiqbolli loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Loyihaning dastlabki bosqichida Xitoyning “Jingwei textile machinery co.ltd” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 11 turdagi zamonaviy jihozlar keltirib o‘rnatiladi. Keyingi bosqichda esa Italiyaning “Sangiacomo” kompaniyasidan so‘nggi rusumdagi texnologik jihozlar keltirilib, yiliga 600 ming juft paypoq ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 2019-yilgacha bosqichma-bosqich umumiy qiymati 5 million 409 ming dollarlik modernizatsiya ishlari amalga oshiriladi.

Ayni paytda korxonada mehnat qilayotgan 180 dan ortiq ishchi-xodimning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yosh mutaxassislardir.

– Uychi iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejini to‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tamomlab, korxonaga yigiruvchi bo‘lib ishga qabul qilindim, – deydi Halima Mirzaabdullayeva. – Yoshi katta qishloqdoshlarimizning aytishicha, ilgari bunday korxonalar shaharlarda bo‘lar ekan. Hozir butunlay boshqacha manzara. Prezidentimiz rahnamoligida qishloqqa sanoatni olib kirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida bizning qishlog‘imizda ham zamonaviy korxona faoliyat ko‘rsatayotgani va bu yerda o‘z mutaxassisligim bo‘yicha ishlayotganimdan xursandman.

WWW.UZA.UZ