Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

EKSPORT KO‘LAMI KENGAYMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
EKSPORT KO‘LAMI KENGAYMOQDA

“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida avtomobil sanoati va energetika sohasi uchun maxsus kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “UzEraeSable” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi faoliyati yildan-yilga kengaymoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida ishlab chiqarishning yangi tarmoqlarini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish, tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida ham mahalliy va xorijlik ishbilarmonlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2008-yil 2-dekabrdagi farmoniga asosan barpo etilgan 560 gektarlik mazkur iqtisodiy hududda qator qo‘shma korxonalar samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Xususan, raqamli televideniye signallarini qabul qilish uskunasi, ADSL modemlar, DSLAM qurilmalari ishlab chiqariladigan “TELECOM INNOVATIONS” O‘zbekiston – Xitoy – Singapur qo‘shma korxonasida raqamli signallarni qabul qilish qurilmasining yangi turi IPTV hamda modemlarning Home gateway seriyali yangi turlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. “Polietilen quvurlar” sho‘ba korxonasi bugun ichki bozorga raqobatbardosh mahsulotlar yetkazib berishda yetakchilik qilmoqda. “O’zMinda” O‘zbekiston – Hindiston qo‘shma korxonasi “GM-Uzbekistan” zavodida ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun 24 turdagi ehtiyot qismlar tayyorlamoqda. Yiliga 250 ming avtokomponent ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani muvaffaqiyatlar omili bo‘lmoqda.

“UzEraeCable” qo‘shma korxonasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun 41 turdagi kabel va turli o‘lchamdagi xo‘jalik simlarini ishlab chiqarmoqda.

– Asosan “GM-Uzbekistan” va “SamAuto” korxonalari uchun mahsulot tayyorlab berayotgan bo‘lsak-da, yiliga 130 ming kilometr uzunlikda turli o‘lchamdagi kabel ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonamiz mahsulotlari xorijda ham xaridorgir, – deydi korxona direktori Sherzod Umarov. – Joriy yilning o‘tgan davrida 103 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Korxonada 2012-yilda mahalliylashtirish dasturiga asosan “Chevrolet Sobalt” avtomobili uchun akkumulyator jguti ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Bugun “Ravon-Nexia” rusumidagi avtomobillarga mo‘ljallangan jgutlar ham tayyorlanmoqda.

O‘tgan yil oxirida korxonada yangi bo‘lim ish boshladi. Italiya texnologiyasi asosida jihozlangan mazkur bo‘limda mahalliylashtirish dasturiga asosan yiliga 100 tonnadan ortiq emallangan mis sim ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 10 ga yaqin yosh mutaxassis mehnat qilayotgan sex mahsulotlaridan elektr dvigatellari va avtomobil generatorlari tayyorlashda foydalanilmoqda.

O’zA