EKSPORT SALOHIYATI ORTMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar yuksak samaralar bermoqda. Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qulay investitsiya muhitini yaratish va xorijiy sarmoyadorlarning emin-erkin faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qilayotir.
Buxoro viloyatida qator xorijiy mamlakatlar sarmoyadorlari bilan hamkorlikda tuzilgan 64 qo‘shma korxona, shuningdek, “DEU tekstayl Buxoro”, “Knauf gips Buxara” kabi o‘ndan ziyod xorijiy korxona samarali faoliyat yuritmoqda. Ular ichki bozorni boyitish bilan birga, viloyat eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shayotir.
Ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "DEU tekstayl Buxoro" xorijiy korxonasi mahsulotlariga talab tobora ortmoqda. Janubiy Koreyadagi “DEU Interneshnl korporeyshn” kompaniyasining 52,5 million dollarlik investitsiyasi hisobiga tashkil etilgan korxona zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan. Komputerlashtirilgan dastgohlarning ish unumdorligi yuqori.
– Jamoa a’zolarining aksariyati Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridir, – deydi tajribali yigiruvchi Shohista Ziyoyeva. – Ular “Ustoz–shogird” an’analari asosida zamonaviy dastgohlarda ishlash ko‘nikmasini o‘zlashtirmoqda. Texnologik jarayonlarga qat’iy rioya qilinishi mahsulot sifati yuqori bo‘lishini ta’minlayotir. Ishchi-xizmatchilarga qulay mehnat sharoiti yaratilgani ham ish samaradorligida muhim omil bo‘lmoqda.
“DEU tekstayl Buxoro” korxonasining ip-kalava mahsulotlari xalqaro sifat sertifikatiga ega. Shuning uchun mahsulotning asosiy qismi xorijga eksport qilinmoqda.
– Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tashqi bozorda xaridorlarning to‘lov qobiliyati pasaygani, narx-navoning beqarorligiga qaramay, korxonamiz mavqei tobora mustahkamlanmoqda, – deydi “DEU tekstayl Buxoro” korxonasining moliyaviy ishlar bo‘yicha direktori Byon Sung Xvan. – “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i ostidagi mahsulotlarimiz Xitoy, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Shveytsariya, Turkiya, Janubiy Koreya, Bolgariya, Rossiya kabi o‘ndan ziyod davlatga eksport qilinayotir. 2015-yilda buyurtmachilarga 25 million dollarlik mahsulot yetkazib berildi.
Eksport tushumining korxona ixtiyorida qoldirilayotgani, mahsulotni xorij bozoriga chiqarishda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyoz, mulk to‘lovining 50 foizini to‘lash imkoniyati berilgani ishlab chiqarish hajmi va mahsulot sifatini yanada oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Ana shunday preferensiyalar hisobidan 2015-yilda korxona aylanma mablag‘lari 8,8 milliard so‘mga ko‘paydi. Bu ishlab chiqarishni rivojlantirish, jamoani moddiy rag‘batlantirish imkoniyatini yanada kengaytirdi.
Korxonaga 2015-yilda 1 million dollar miqdorida sarmoya kiritilib, sexlar kengaytirildi, zamonaviy dastgohlar o‘rnatildi. Bu qo‘shimcha 20 yangi ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Ayni paytda korxonada 800 dan ziyod ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda.
Viloyatda tobora rivojlanayotgan yengil sanoat korxonalarining kooperatsiya aloqalari tizimida mustahkam ishonchli hamkoriga aylangan “DEU tekstayl Buxoro” o‘tgan yili 27 milliard so‘mlik mahsulotni ichki bozorga yo‘naltirdi.
– “DEU tekstayl Buxoro” korxonasining mahsulotlari sifatli, – deydi Jondor tumanidagi “Texnik moslamalar Tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Qayum Boboyev. – Korxona mahsulotlaridantayyorlanayotgan sochiqlarimiz xaridorgir. 2015-yilda iste’molchilarga 1 milliard so‘mlik mahsulot yetkazib berdik. Joriy yilda ishlab chiqarishni yanada kengaytirib, mahsulotning bir qismini eksport qilishni rejalashtirganmiz. Bunda bizga ip-kalava yetkazib berayotgan xorijiy korxona bilan hamkorlik juda qo‘l keladi.
O’zA