Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
hamma resurslarni ko'rsatish
Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 12-iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda ma’qullangan

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

ekstremizm –ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hokimiyatni zo‘rlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini o‘zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasi;

ekstremistik faoliyat –quyidagilarga:

O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzishga;

hokimiyat vakolatlarini egallashga yoki o‘zlashtirishga;

qonunga xilof qurolli tuzilmalar tuzishga yoki ularda ishtirok etishga;

terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga;

zo‘rlik yoki zo‘rlik ishlatishga oshkora da’vat qilish bilan bog‘liq holda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga;

jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga, shuningdek ekstremistik tashkilotlarning atributlarini yoki ramziy belgilarini tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga;

biror-bir ijtimoiy guruhga nisbatan siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy adovat yoxud dushmanlik sababli ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirishga;

ushbu moddaning to‘rtinchi – o‘ninchi xatboshilarida ko‘rsatib o‘tilgan harakatlarni amalga oshirish uchun oshkora da’vat qilishga qaratilgan harakatlarni rejalashtirishga, tashkil etishga, tayyorlashga yoki sodir etishga doir faoliyat;

ekstremizmni moliyalashtirish – ekstremistik faoliyatning mavjud bo‘lishini va faoliyat ko‘rsatishini, shaxslarning ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishini yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishini ta’minlashga, ekstremistik tashkilotlarga yoxud ekstremistik faoliyatga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘larni, resurslarni berishga yoxud yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat;

ekstremist –ekstremistik faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs;

ekstremistik guruh – oldindan til biriktirib ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilayotgan ikki yoki undan ortiq shaxs;

ekstremistik material – ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga oshkora da’vat qiladigan yoxud shunday faoliyatni amalga oshirish zarurligini asoslab beradigan yoki oshkora oqlaydigan, tarqatish uchun mo‘ljallangan hujjat yoki har qanday vositadagi boshqa axborot;

ekstremistik tashkilot – ekstremistik faoliyatni amalga oshirganligi tufayli o‘ziga nisbatan faoliyatini tugatish yoki taqiqlash to‘g‘risida sudning qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan qarori qabul qilingan tashkilot.

4-modda. Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari

Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

oshkoralik;

javobgarlikning muqarrarligi.

5-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladanaholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, shuningdek uning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

ekstremizm sohasidagi huquqbuzarliklarni o‘z vaqtidaaniqlash va ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash;

ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik.

6-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekstremistik faoliyatni taqiqlash

O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagilar taqiqlanadi:

ekstremistik faoliyatning har qanday ko‘rinishlari;

yuridik shaxslar tashkil etilganda ularni ekstremistik tashkilotlarning nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki o‘xshash bo‘lgan belgilarni o‘z ichiga olgan nomlardan foydalanish.

2-bob. Ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlari

7-modda. Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar

Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;

ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida rasmiy ogohlantirish chiqarish;

yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida taqdimnoma kiritish;

ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash;

ekstremizmni moliyalashtirishnitaqiqlash;

yuridik shaxsning faoliyatini to‘xtatib turish;

tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish.

Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

8-modda. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishquyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

tushuntirish ishlarini olib borish;

huquqiy tarbiya va ta’limni tashkil etish;

ekstremizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish;

madaniy an’analarni, ma’naviy, axloqiy va vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani mustahkamlash;

ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;

ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini takomillashtirish.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishqonun hujjatlariga muvofiq boshqa yo‘llar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

9-modda. Ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi rasmiy ogohlantirish

Ekstremistik faoliyat belgilarini o‘z ichiga olgan, tayyorlanayotgan g‘ayriqonuniy harakatlarto‘g‘risida yetarlicha va avvaldan tasdiqlangan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hamda javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining mansabdor shaxsi ekstremizmningyuzaga kelishiga yo‘l qo‘yayotgan mansabdor shaxslarga va jismoniy shaxslarga bunday faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida yozma shakldarasmiy ogohlantirish chiqaradi, ogohlantirishda uni chiqarishning aniq asoslari ko‘rsatiladi.

Rasmiy ogohlantirish e’lon qilingan shaxs undan norozi bo‘lgan taqdirda,ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tegishli davlat organining yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga yoki sudga ushbu ogohlantirish ustidan shikoyat qilishga haqli.

10-modda. Yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi taqdimnoma

Yuridik shaxs tomonidan uning faoliyatida ekstremizm belgilari mavjudligi to‘g‘risida dalolat beruvchi qonun buzilishi sodir etilgan taqdirda, prokuror yoki ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organiningboshqa mansabdor shaxsi mazkur yuridik shaxsning mansabdor shaxsiga ko‘rsatib o‘tilgan qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi va ularni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi.Agar ushbu qonunbuzarliklarbelgilangan muddatdabartaraf etilmasa, shuningdek taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran bir yil ichida ekstremizm belgilari mavjudligi haqidadalolat beruvchi yangi faktlar aniqlansa, prokurorning yoki ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi boshqa mansabdor shaxsining taqdimnomasiga asosan yuridik shaxsning faoliyati olti oygachabo‘lgan muddatga to‘xtatib turiladi yokiO‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan taqiqlanadi.

Ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida o‘ziga taqdimnoma kiritilgan shaxs undan norozi bo‘lgan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuqori turuvchi davlat organiga, uning mansabdor shaxsiga yoki sudga ushbu taqdimnoma ustidan shikoyat qilishga haqli.

11-modda. Ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash,saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash

O‘zbekiston Respublikasining hududiga ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish va namoyish etishtaqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan,shuningdek ommaviy axborot vositalarida yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idatarqatilayotgan va namoyish etilayotgan materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekstremistik materiallar deb topiladi.

Ekstremistik materiallar, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilari belgilangan tartibda yo‘q qilinishi yoki olib tashlanishi kerak. Ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiyalar tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini yo‘q qilish yoki olib tashlash imkoni bo‘lmaganda ulardan foydalanish cheklanadi.

Ekstremizmga qarshi kurashishbo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining ekstremistik materiallarni yo‘q qilish, olib tashlash yoki ulardan foydalanishni cheklash to‘g‘risidagi talabiningtelekommunikatsiya tarmoqlariga va Internet jahon axborot tarmog‘iga kirish bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi shaxs tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

12-modda. Ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash

O‘zbekiston Respublikasi hududida ekstremizmni moliyalashtirish taqiqlanadi.

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar ekstremizmni moliyalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar nazoratini, ichki nazoratni amalga oshiradi hamda tegishli tarzda tekshirish choralarini ko‘radi.

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar zudlik bilan va oldindan xabardor qilmagan holda ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyasini, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag‘larini o‘tkazishga doir operatsiyalar mustasno, to‘xtatib turishi va (yoki) pul mablag‘larini yoxud boshqa mol-mulkini muzlatib qo‘yishi shart.

Ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini muzlatib qo‘yish,shaxslarning operatsiyalarini tiklash, muzlatib qo‘yilgan pul mablag‘laridan yoki boshqamol-mulkidan foydalanish huquqini taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadi.

13-modda. Yuridik shaxsning faoliyatini to‘xtatib turish

Yuridik shaxs ekstremistik faoliyatga aloqador bo‘lgan taqdirda, uning faoliyati ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining arizasiga ko‘ra sudning qarori bilan to‘xtatib turiladi.

Sudning yuridik shaxs faoliyatini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Siyosiy partiyalar faoliyatini to‘xtatib turish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan faoliyati to‘xtatib turilgan yuridik shaxslarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

14-modda. Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish

O‘zbekiston Respublikasida tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish sud tartibida amalga oshiriladi.

Tashkilot, agar uning tarkibiy tuzilmalaridan hech bo‘lmasa bittasi (bo‘linmasi, filiali va vakolatxonasi) ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan bo‘lsa, ekstremistik tashkilotdeb topiladi.

Tashkilotni ekstremistik tashkilotdeb topish to‘g‘risidagi ariza O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.

Qaysi tashkilotlarga nisbatan sudning ularni ekstremistiktashkilot deb topish va O‘zbekiston Respublikasi hududida ularning faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lsa,o‘shatashkilotlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi lozim.

3-bob. Ekstremizmga qarshi kurashish subyektlari

15-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari

Ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari hamda boshqa subyektlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Ushbu moddada ko‘rsatilgan davlat organlari ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlarida berilgan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.

16-modda. Ekstremizmga qarshi kurashishga doir tadbirlarda boshqa davlat organlarining, o‘zga subyektlarning ishtirok etishi

Ushbu Qonunning 15-moddasida ko‘rsatilmagan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar ekstremizmga qarshi kurashishga doir tadbirlarda o‘z vakolatlari doirasida hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi.

4-bob. Ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik

17-modda. Jismoniy shaxslarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun qonunga muvofiqjavobgar bo‘ladi.

Shaxs ekstremistik faoliyatda ishtirok etishni o‘z ixtiyori bilan rad etgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining va ekstremistlarning maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etiladi.

18-modda. Tashkilotlarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi

Tashkilotlarekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun tugatiladi, ularning faoliyati esa taqiqlanadi.

Tashkilotni tugatishsudning qarori asosidaamalga oshiriladi.

Ekstremistik tashkilot deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara qilinadi hamda davlat mulkiga o‘tkaziladi.

19-modda. Mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotlarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatga olingan mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidanekstremistik tashkilot deb topilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilotning (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasining) faoliyati taqiqlanadi hamda bu tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning bo‘linmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan mol-mulk esa musodara qilinadi hamda davlat mulkiga o‘tkaziladi.

Mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotning (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasining) faoliyatini taqiqlash:

belgilangan tartibda akkreditatsiyani bekor qilishga;

chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mazkur tashkilot vakillari sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishini taqiqlashga;

O‘zbekiston Respublikasi hududida har qanday moliya-xo‘jalik faoliyatiniyoki boshqa faoliyatni yuritishni taqiqlashga;

ommaviy axborot vositalarida ushbu tashkilot nomidan har qanday materiallarniO‘zbekiston Respublikasi hududida e’lon qilishni taqiqlashga;

taqiqlangan tashkilotning materiallarini, shuningdek uning materiallarini o‘z ichiga olgan axborot mahsulotiniO‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatishni taqiqlashga;

ommaviy tadbirlar o‘tkazishni, shuningdek ularda taqiqlangan tashkilot vakillarining ishtirok etishini taqiqlashga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiningmintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotni (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasini) ekstremistik tashkilot deb topish, O‘zbekiston Respublikasi hududida uning faoliyatini taqiqlash,O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bunday tashkilotning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi qarori ko‘chirma nusxasini olgan kundan e’tiboran tegishli chet davlatni bu haqda taqiq sabablari va taqiq bilan bog‘liq oqibatlarni ko‘rsatgan holda diplomatik kanallar orqali belgilangan tartibda xabardor qiladi.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

20-modda. O‘zbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorligi

Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga belgilangan tartibda zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuborish va ularning so‘rovlariga javob berish, shuningdek boshqa hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.

21-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

22-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

Ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

23-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

24-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri, 2018-yil 30-iyul

№ O‘RQ—489

www.mfa.uz