Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

EL-YURT HURMATI, VATAN IFTIXORI VA MARDLIK TIMSOLLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
EL-YURT HURMATI, VATAN IFTIXORI VA MARDLIK TIMSOLLARI

Mamlakatimiz tarixiga 28, 29, 30-avgust sanalari zarhal harflar bilan muhrlangan.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1998-yil 28-avgust kuni “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etilgan. Mamlakatimiz mustaqilligi, iqtisodiy qudratini mustahkamlash, boy ma’naviy merosimiz, tarixu madaniyatimiz, milliy urf-odatlarimizni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan, O‘zbekistonimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga kamarbasta bo‘lgan, professional mahorati va yorqin iste’dodi bilan turli sohalarda yuqori natijalarga erishgan yurtdoshlarimiz mazkur orden va unvon bilan taqdirlanadi.

Mamlakatimizning xalqaro maydondagi shon-shuhrati, nufuzini yuksaltirish, muayyan sohalarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, yurtimizning iqtisodiy va madaniy yuksalishi, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlik, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qo‘shgan, o‘zining iste’dodi, bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqiga baxsh etib, fidoyilik namunasini ko‘rsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 1996-yil 29-avgustda "Buyuk xizmatlari uchun", 2003-yil 29-avgustda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari ta’sis etilgan.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 1995-yil 30-avgustda "Mehnat shuhrati", "Shon-sharaf" ordenlari, 2000-yil 30-avgust kuni Jaloliddin Manguberdi ordeni ta’sis etilgan. “Mehnat shuhrati”, “Shon-sharaf” ordenlari bilan mamlakatimizning iqtisodiy, madaniy yuksalishi, xalq farovonligi oshishi, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga hissa qo‘shgan, Vatanni himoya qilishda fidoyilik, mardlik ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz (ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar) mukofotlanadi.

Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar, harbiy bo‘linmalar, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari ham taqdirlanishi mumkin.

Mazkur orden bilan mamlakatimiz mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilish hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar mukofotlanadi.

– Inson uchun halol mehnatining mevasini ko‘rish, jamiyatda e’zoz-e’tibor topishdan ortiq baxt yo‘q, – deydi “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Respublika “Ona va bola skriningi” markazi direktori M.Sharipova. – Ana shunday baxtiyor insonlar safida ekanimdan g‘oyat mamnunman. Mamlakatimizda jamiyatning barcha sohalarini modernizatsiya qilishga qaratilgan islohotlar, har bir insonning mehnati yuzaga chiqishi uchun qulay sharoitlar yaratilgani yutuqlarimizning asosiy omili bo‘layotir. Bunday imkoniyatlardan oqilona foydalanish, Vatanimizning taraqqiyotini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shish har birimizning insoniy burchimizdir.

– Sportchilarimiz Olimpiadada olamshumul natija qayd etib, Vatanimizga yorug‘ yuz bilan qaytib keldi. Toshkent aeroportida katta tantana bilan kutib olindi. Ularning yutuqlaridan xuddi o‘zim Rioda g‘alaba qozongandek quvondim, – deydi xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova. – Mamlakatimiz yoshlarining qo‘lga kiritayotgan yutuqlari mustaqilligimiz sharofati, yoshlar kamoloti yo‘lida Prezidentimiz ko‘rsatayotgan yuksak g‘amxo‘rlikning amaldagi samarasidir. O‘zimdan qiyos. 2013-yilda davlatimiz rahbarining farmoni bilan “O‘zbekiston iftixori” degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldim. Ushbu yuksak unvon qo‘lga kiritgan yutuqlarim ichida eng ulug‘idir.

O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shish har bir yurtdoshimizning ulug‘ maqsadiga aylangan. Zero, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lish, mamlakat iftixoriga aylanish, buyuk va fidokorona xizmatlarning munosib rag‘bati, Vatan ravnaqi yo‘lida qilingan mehnatning e’tirofi, shon-sharaflarga burkalishi eng oliy baxt bo‘lib kishini behad quvontiradi.

O’zA