Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“ELECTION TIMES”: «O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI BARCHA TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILGAN»

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“ELECTION TIMES”: «O'ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI BARCHA TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILGAN»

Pokistonda nashr etiladigan “Election Times” haftanomasining navbatdagi sonida Toshkentda bo’lib o’tgan “Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish: O’zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot” mavzusidagi xalqaro davra suhbati tafsilotlariga bag’ishlangan maqola bosilib chiqdi.

Unda ma’lum qilinganidek, xalqaro forumning xorijlik ishtirokchilari O’zbekistonda fuqarolik jamiyati tuzilmasini tashkil etadigan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari va fondlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, mustaqil ommaviy axborot vositalari singari fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnik sharoitlar yaratilgan, degan yakdil fikrni bildirishdi.

Shu bilan birga, maqolada 2013-yildan buyon O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirokida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish bo’yicha qo’shma dastur va rejalar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilayotganiga alohida e’tibor qaratilgan. “2013-yilda hamkorlikdagi tadbirlar doirasida nodavlat notijorat tashkilotlarining axborot-tashkiliy faoliyatini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar bajarildi. 2014 yildagi tadbirlar ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligini oshirishga yo’naltirildi. Joriy yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kompleks rejasi davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o’rtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan”, deb yozadi “Election Times” haftanomasi.

Nashr alohida qayd etganidek, nodavlat notijorat tashkilotlarining yetakchilari va faollari doimiy ravishda faoliyat ko’satadigan 40 dan ziyod respublika idoralararo komissiyalari va ishchi guruhlarining a’zolari hisoblanadi.

Maqola intihosida esa Toshkentda bo’lib o’tgan mazkur xalqaro davra suhbatida “uchinchi sektor”ni yanada rivojlantirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgani o’quvchilarning e’tiboriga havola qilingan.

“Jahon” AA, Islomobod