Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Elektr energetikasi sohasini yanada isloh qilish vazifalari belgilandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Elektr energetikasi sohasini yanada isloh qilish vazifalari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 fevral kuni elektr energetikasi tarmog‘ida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Elektr energetikasi iqtisodiyot rivoji, hayot sifatini ta’minlaydigan asosiy manbalardan biri. Bu tarmoqda qator kamchiliklar mavjudligi belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish va mamlakatimizni innovatsion rivojlantirishga xalaqit qilayotgan edi.

Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tashkil etildi. Unga elektr energetikasi hamda neft-gaz sohasidagi muammolarni bartaraf etish, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha katta vakolatlar berildi.

2019 yilgi Investitsiya dasturiga elektr energiyasi tizimi bo‘yicha umumiy qiymati 8,1 milliard dollarlik 33 ta loyiha kiritilgan. Bu yil qariyb 620 million dollar o‘zlashtirilib, 7 ta yirik loyiha ishga tushirilishi belgilangan.

Prezidentimiz ushbu investitsiya loyihalarini sifatli amalga oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Masalan, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasidan Xorazm-Sarimoy punktigacha 220 kilovoltli elektr liniyalarini tortish”, “Yuqori kuchlanishli podstansiyalarni modernizatsiya qilish”, “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihalarini amalga oshirish muddatlari kechikkan. Shu bois Energetika vazirligi, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatiga xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘larini to‘liq o‘zlashtirish, loyihalarni o‘z vaqtida bajarib, mablag‘larni iqtisod qilish vazifalari qo‘yildi.

Elektr energiyasi quvvatlarini modernizatsiya qilish ishlari talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Tarmoqda investitsiya siyosati noto‘g‘ri tashkil etilgani, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishga umuman e’tibor qaratilmagani tanqid qilindi. Buning oqibatida korxonalar qarz olish yoki loyihalarni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbari sohadagi muhim yo‘nalishlarni belgilab berdi. Xususan, davlat-xususiy sherikchilik asosida muqobil energetikani rivojlantirish, bunday loyihalarga chet el investitsiyalari jalb etish imkoniyati katta ekani ta’kidlandi.

Hozirda yurtimizda quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish bo‘yicha Turkiyaning “Yildirim grup”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Mazdar” jamg‘armasi va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan ish olib borilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi, Energetika vazirligi, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatiga umumiy qiymati 2,5 milliard dollarlik 13 ta istiqbolli loyiha bo‘yicha xorijiy hamkorlarni aniqlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha manzilli “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish topshirildi. Sohada davlat-xususiy sherikchilikni joriy etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb qilish uchun xususiy ishlab chiqaruvchilardan elektr energiyasini sotib olish tartibi va tariflarini belgilash zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, debitor qarzdorlikni kamaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Elektr energiyasini eksport qilish bo‘yicha mamlakatimizning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, Surxon-Puli-Xumri tarmog‘ini qurishni tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 1 fevraldagi qarorida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlash belgilangan edi. Davlatimiz rahbari bu qarorda ishlab chiqaruvchi – yetkazib beruvchi – taqsimlovchi vazifalardan kelib chiqib, korxonalarning funksiyalarini aniq ajratish, sohaga bozor munosabatlari, jumladan, davlat-xususiy sherikchilikni joriy etishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobоtlari eshitildi.

www.president.uz