Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“ELEKTRON HUKUMAT” RIVOJI ODAMLAR MANFAATLARINI QANOATLANTIRISHGA, JAMIYATDA ADOLATNI TA’MINLASHGA XIZMAT QILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“ELEKTRON HUKUMAT” RIVOJI ODAMLAR MANFAATLARINI QANOATLANTIRISHGA, JAMIYATDA ADOLATNI TA'MINLASHGA XIZMAT QILMOQDA

“Tezkor javob uchun minnatdorlik bildiraman. Onlayn-xizmat a’lo darajada ishlamoqda”, “Sifat, tezlik va aniqlikka qoyil qolish kerak...”

Bu fikrlar my.gov.uz, ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan, uning xizmatlaridan minnnatdor bo‘layotgan yurtdoshlarimizning fikrlari. Ushbu portal fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkorlik bilan qabul qilish va tegishli organlarga yetkazishda muhim vositaga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yilda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni asosida elektron shaklda murojaat qilish huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Bu fuqarolarning huquq va manfaatlari ta’minlanishi uchun yanada keng yo‘l ochdi.

Bugungi kunda my.gov.uz olti yuzdan ziyod davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, idora va tashkilotni qamrab olgan. Murojaat etuvchi ariza yoki shikoyatining mazmuniga qarab uni tegishli organga jo‘natish imkoniyatiga ega. Murojaat onlayn tarzda, shu vaqtning o‘zida kerakli joyga yetib boradi. Fuqarolarning idorama-idora yurishi, qog‘ozbozlik, ortiqcha sarf-xarajatlarga hojat yo‘q. Fuqarolar o‘zlarini o‘ylantirayotgan savol yoki muammo yuzasidan o‘z vaqtida javob olmoqda.

— Yagona portal internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali doirasida, jumladan, «bir darcha» rejimida faoliyat ko‘rsatadi, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunakatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Elbek Dolimov. - Davlat tashkilotlariga murojaat etish hamda davlat organlari rahbarlari qabuliga yozilish kabi asosiy xizmat bilan birgalikda sog‘liqni saqlash, aloqa, transport, mehnat, ijtimoiy himoya, soliq, tadbirkorlikka oid 260 dan ziyod interaktiv xizmat ko‘rsatilmoqda.

2015 yilda my.gov.uz orqali 450 mingdan ortiq murojaat qabul qilingan. Ularning aksariyati, ya’ni 95 foizi yechimini topgan. 42 ming 800 tadbirkorlik sub’yekti mazkur portalda ro‘yxatga olingan. Murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning aksariyat qismi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq.

Portalda fuqarolar uchun keng qulayliklar yaratilgan. Davlat tili portalning asosiy muloqot tili hisoblanadi. Unda rus va ingliz tillaridagi versiyalar ham mavjud.

Murojaat etuvchilarning barcha huquqlari kafolatlangan. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va mas’ul ijrochilari interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish va ko‘rsatish, ularning o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rsatilishi yuzasidan shaxsan javob beradi.

Bugungi kunda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali nafaqat ma’muriy binolar, balki davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida, jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan o‘rin olgan. Bu yurtdoshlarimizning xabardorligini oshirib, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olmoqda.

Yagona portaldan yurtdoshlarimiz login, yagona identifikatsiya tizimi (Id.uz), elektron raqamli imzo (ERI) hamda UzCard tizimi orqali foydalanishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi o‘z "shaxsiy kabineti"ga kirgach, u orqali murojaatlarini Yagona portalga ulangan barcha tashkilotlarga jo‘natishi mumkin. Murojaatni bir vaqtning o‘zida bir nechta davlat organiga yuborsa ham bo‘ladi.

Yagona portal orqali yo‘llangan murojaatni ko‘rib chiqish muddati va tartibi yozma murojaatlar uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat hollarda javoblar juda qisqa muddatlarda taqdim etilmoqda. Murojaatni qabul qilgan davlat tashkiloti majburiy tartibda foydalanuvchiga uning murojaatini qabul qilganini SMS-xabarnoma orqali yoki boshqa qulay usulda ma’lum qiladi.

"Shaxsiy kabinet" orqali yuborilgan murojaat davlat organi tomonidan majburiy qabul qilinishi va ko‘rib chiqilishi kerak. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunda ushbu murojaat davlat organining "kabineti"ga kelib tushgan sana murojaatning qabul qilingan sanasi hisoblanadi.

Murojaat unda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish vakolatiga ega bo‘lmagan davlat organlariga kelib tushsa, besh kun muddatdan kechiktirilmay foydalanuvchini xabardor qilgan holda tegishli davlat organiga yuboriladi.

Internetdan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar uchun Yagona portalning ma’lumotlar markazi (Call-center) faoliyat yuritmoqda. Uning “1060” qisqa telefon raqami orqali o‘tgan yilda aholidan 29 mingdan ziyod murojaat tushgan. Ularning barchasi tegishli tartibda ko‘rib chiqilgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda murojaat yo‘llash nafaqat oson va qulay, balki ishonchli hamdir. Buning samarasida ayrim byurokratik to‘siqlar bartaraf etilayotir. Bir so‘z bilan aytganda, “elektron hukumat”ning rivoji odamlar manfaatlarini qanoatlantirish, jamiyatimizda adolatni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

O’zA