Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ELEKTRON SAVDO MAYDONCHASI TAQDIM ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ELEKTRON SAVDO MAYDONCHASI TAQDIM ETILDI

Poytaxtimizda «UzTrade» elektron tashqi savdo maydonchasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda «O‘ztadbirkoreksport» aksiyadorlik jamiyati, BMT Taraqqiyot dasturi, mas’ul idora va tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida eksportni rivojlantirish, eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport imkoniyatlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Eksportchi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida imtiyozlar tizimi tobora takomillashtirilmoqda, tashqi savdo tartib-taomillari soddalashtirilib, operatsiyalar narxi pasaytirilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining hayotga keng tatbiq etilishi ishlab chiqaruvchilarning dunyo bozoriga kirib borishida yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining «Savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan «UzTrade» (www.tradeuzbekistan.com) elektron tashqi savdo maydonchasi ana shu imkoniyatdan unumli foydalanishga qaratilgan.

Rus, ingliz va xitoy tillarida faoliyat ko‘rsatayotgan, oson va qulay interfeysga ega «UzTrade» elektron bozoridan mamlakatimizdagi barcha tadbirkorlik subyekti foydalanishi mumkin. Bunda korxona ishlab chiqarilayotgan mahsuloti hamda tashkilot haqidagi tegishli ma’lumotlarni mazkur internet resursga joylashtirish orqali dunyoning istalgan mamlakatida tanishish mumkin bo‘lgan onlayn savdo uyiga ega bo‘ladi.

Elektron savdo maydonchasida tadbirkorlik subyektlari xaridor bilan onlayn muzokaralar olib borishi hamda shartnoma shartlarini muhokama qilishi mumkin. Bu yerda, shuningdek, muhokamalar yakuni bo‘yicha eksport shartnomasini shakllantirish imkoniyati ham yaratilgan.

Internet resursda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda «O‘ztadbirkoreksport» AJ mutaxassislari tomonidan eksportchilarni axborot va marketing qo‘llab-quvvatlash yo‘lga qo‘yilgani eksport amaliyotlari bilan bog‘liq masalalarning tez va aniq hal etilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, «Foydali ma’lumotlar» bo‘limida normativ-huquqiy hujjatlar, tahliliy materiallar hamda bozor tendensiyalari bilan tanishish mumkin.

– Bugungi kunda savdo maydonchasida mingdan ziyod korxona o‘z mahsulotlarini taklif etmoqda, – deydi «O‘ztadbirkoreksport» AJ marketing boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Xo‘jayev. – Ular orasida «JV MAN Auto-Uzbekistan», Samarqand avtomobil zavodi singari yirik sanoat korxonalaridan tortib kanselariya mahsulotlari ishlab chiqaruvchilargacha borligi xorijlik xaridorlarga «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» yorlig‘idagi mahsulotlarni xarid qilish, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Tadbirda elektron savdo maydonchasining imkoniyatlarini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda «Google», «Yandeks» singari xalqaro qidiruv tizimlariga integratsiyalashuvini kengaytirish ustida ish olib borilayotgani ma’lum qilindi. Ishtirokchilar savollariga mutaxassislar javob qaytardi.

WWW.UZA.UZ