ELMURAT TASMURADOV – RIO DE JANEYRO SHAHRIDAGI 2016-YILGI OLIMPIADA MUSOBAQALARINING BRONZA MEDALI SOHIBI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yunon-Rum kurashi bo’yicha Olimpiada musobaqalarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Elmurat Tasmuradov milliy terma jamoamizga 4-bronza medalini taqdim etdi. Saralash bahslarida u serbiyalik Kristian Fris va shimoliy koreyalik Yon Von Chxollarni mag’lubiyatga uchratib yarim finalga yo’l oldi. Yarim finalda kurashchimiz kubalik Ismaelo Borreroga imkoniyatni boy berdi.
Bronza medali uchun bahsda O‘zbekiston vakili qirg‘izistonlik Arsen Eraliyevni mag‘lubiyatga uchratib, Olimpiada o‘yinlari sovrindoriga aylandi.
Mazkur vazn toifasida oltin medal kubalik Ismaelo Borrero, kumush medal yaponiyalik Shinobu Ote hamda ikkinchi bronza medal esa norvegiyalik Stig Andre Bergega nasib etdi.
“Jahon” AA, Rio de Janeyro