Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ENERGIYA TA’MINOTIDA UZILISHLAR BO‘LMAYDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ENERGIYA TA'MINOTIDA UZILISHLAR BO‘LMAYDI

“Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan viloyat aholisi, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarni kuz-qish mavsumida elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, favqulodda holatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Viloyat bo‘yicha 485 mingga yaqin aholi xonadoni va 20 mingga yaqin yuridik iste’molchiga turli quvvatdagi 174 podstansiya, 5 ming 342 transformator va 469 ming kilometrdan ziyod kabel tarmog‘i orqali xizmat ko‘rsatilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida aholiga 518 million kilovat-soat, ulgurji iste’molchilarga 1 milliard 554 million kilovat-soatdan ortiq elektr energiyasi yetkazib berildi.

– Korxonamizda 2016-2017-yillar kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda, – deydi “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisi Abdurahmon Mamajonov. – Joriy yilning o‘tgan davrida viloyat elektr ta’minotining asosiy tomiri hisoblangan 0.4 – 110 kV. li uzatish tarmoqlarining 1 ming 69 kilometrdan ortig‘i mukammal, 6 ming 309 kilometri joriy ta’mirlandi. Oltita 35 kV. li podstansiya, 409 6-10/0,4 kV.li hamda 299 tarmoq transformatorida mukammal, 1 ming 562 tarmoq transformatorida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Birinchi Prezidentimizning 2015-yil 6-martdagi “2015-2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida 52 kilometrdan ziyod 0,4-10 kV.li uzatish tarmog‘i va 110 transformator punktlarining rekonstruksiya qilinishi natijasida joylarda energiya ta’minotida yuzaga kelayotgan muammolar bartaraf etildi.

Viloyatda kuz-qish mavsumida qishloqlar aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan zamonaviy uylarga elektr tarmog‘ini tortish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ayni paytda viloyat tumanlarida bunyod etilgan 27 yangi aholi massivida 28 transformator o‘rnatilib, 21 kilometrdan ortiq elektr tarmog‘i tortildi.

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “To‘raqo‘rg‘on Shirinlik agro” korxonasini elektr bilan ta’minlovchi “Shirinlik” podstansiyasida ikkita transformator yuqori quvvatlisiga almashtirildi. Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uchqo‘rg‘on tekstil” va “O‘zteks Uchqo‘rg‘on” qo‘shma korxonalari uchun xizmat qiladigan “To‘qimachi” podstansiyasining ikkita 6,3 mVA li kuch transformatorini 16,0 mVAga almashtirish bo‘yicha loyihaning birinchi navbati ishga tushirildi.

Amalga oshirilayotgan mazkur chora-tadbirlar viloyat aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlab, ishlab chiqarish va ijtimoiy tarmoqlarning qish mavsumida barqaror faoliyat ko‘rsatishiga xizmat qiladi.

O’zA