Energiya va samaradorlik
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Andijonda “Sanoat korxonalarida energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz rahnamoligida energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va muqobil energetikani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalari ustida izlanishlar olib borish, muqobil energiya manbalarini yaratish bo‘yicha xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jahon bankining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ushbu xalqaro moliya muassasasi ko‘magida yurtimizda energiyadan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar xususida fikr almashildi.
O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda umumiy qiymati 166 million AQSh dollariga teng 79 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan va buning uchun Jahon banki tomonidan 128 million dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi yiliga 550 million kVt/soat elektr energiyasi va 150 million kub metr gazni iqtisod qilish imkonini beradi.
Seminarda mutaxassislar tomonidan loyihalar birinchi galda yirik sanoat korxonalarida amalga oshirilishi iqtisodiy jihatdan katta samara keltirishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-yanvardagi «Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Andijon biokimyo zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida olib borilayotgan ishlar, korxonada amalga oshirilayotgan loyiha doirasidagi jarayonlar bilan tanishdi.
Asosan ozuqa etil spirti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxonada keyingi yillarda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, ishlab chiqarishga ilg‘or xorijiy texnologiyalar joriy etildi.
– Ilgari bug‘doyni achitish jarayonida ajralib chiqadigan karbonat angidrid havoga chiqarib yuborilar edi, – deydi jamiyat bosh muhandisi Zafarbek Xudoyorov. – Korxonada olib borilgan modernizatsiya ishlaridan so‘ng xorijdan 624 ming AQSh dollari qiymatidagi yangi uskuna keltirib o‘rnatildi. Endi ana shu chiqindi yig‘ilib, kuniga 500 kilogramm tozalangan karbonat angidrid yig‘ish imkoni yaratildi. Undan sanoatda hamda mineral suv tayyorlashda foydalanish mumkin. Uskunaning ishga tushirilishi atrof-muhit ifloslanishining oldini oladi, korxonamizda energiya va suv sarfini 1,5 barobarga qisqartiradi. Yaqin kunlarda mazkur uskuna to‘la ishga tushiriladi.
Jahon bankining moliyaviy ko‘magidagi yana bir loyiha Buloqboshi tumanida joylashgan kichik gidroelektrostansiyada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. 2016-2018-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha doirasidagi ishlar tufayli mazkur inshootda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 40 foizga ortadi.
Anjumanda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.