Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ENG KUCHLI ATLETLAR BAHSLASHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ENG KUCHLI ATLETLAR BAHSLASHDI

Poytaxtimizdagi "Shifokor" stadionida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq kubogi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada to‘rt yuzga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Doston Saydaliyev, Anvar Sarimsoqov, Hasan Akbaraliyev, Andrey Petrov, Gulhayo Rahimova, Sabina Tolacheva, Sitora Hamidova turli masofalarga yugurish bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. To‘siqlar osha yugurishda Shohrux Baratov va Anvar Safarov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Valentina Kibalnikova oltin medal bilan taqdirlandi.

Nayza, yadro, disk va bosqon uloqtirish bahslarida Ivan Zaytsev, Sergey Dementev, Ivan Markelov, Suhrob Xo‘jayev, Musharraf Saydahmedova, Sofiya Burhonova, Svetlana Proshkina hamda Anastasiya Aslandu shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrashda Ivan Denisov, Dmitriy Melsitov, Ruslan Qurbonov, Oksana Molchanova, Viktoriya Dirdina, Nadiya Do‘sanovaga teng keladigani topilmadi.

O‘n kilometr masofaga sportcha yurish bo‘yicha kuch sinashgan atletlar o‘rtasida Asilbek Zokirov va Parizoda Nabiyeva marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. O‘nkurash bellashuvlarida Sanjar Niyozov, yettikurash bahslarida esa Aleksandra Yurkevskaya g‘alaba qozondi.

O’zA