Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ENG NAMUNALI MAHALLALAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ENG NAMUNALI MAHALLALAR

Turkiston” saroyida “Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari D.Mirzajonova, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Obidov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mahalla institutining ishtiroki tobora kengayib borayotganini ta’kidladi. Mahalla idoralari uchun yangi binolar barpo etilib, mavjudlari ta’mirlanib, zamonaviy mebel va texnika bilan ta’minlanmoqda.

Fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirish, tizim xodimlari faolligini oshirishda “Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” tanlovi muhim ahamiyat kasb etayotir.

Bu yil tanlov Vatanimiz mustaqilligining 25-yillik bayrami arafasida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilmoqda.

Tanlovning Toshkent shahar bosqichi ham yuqori saviyada o‘tdi. Unda tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jami 11 fuqarolar yig‘ini ishtirok etdi. Mazkur bosqichda fuqarolar yig‘inlari tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, xususan, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida erishilgan yutuq va natijalar, ijobiy ish tajribalari qonuniylik, oshkoralik, adolat va tenglik tamoyillari asosida baholandi. Shu bilan birga, ularning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik komissiyalari hamda yig‘inlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha tashkil etilgan maslahat markazlari, “Ota-onalar universitetlari” faoliyatini samarali tashkil etish, “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi doirasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Ishtirokchilar uch shart asosida o‘zaro bahslashdi. Dastlab ularning hududda amalga oshirayotgan ezgu ishlari, bu borada qo‘lga kiritgan yutuqlari va namunali ish tajribalarini aks ettirgan taqdimotlari hakamlar hay’ati tomonidan chuqur tahlil qilindi. Xususan, joylarda ma’rifiy ishlarni tashkil etish, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni barkamol etib tarbiyalash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, to‘y-ma’rakalarni ixcham va tartibli o‘tkazish, keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash kabi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi.

Ikkinchi va uchinchi shartlarda ishtirokchilarning fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga oid bilimlari, faoliyatida uchrayotgan turli masalalarning yechimini topish yuzasidan malakasi, dunyoqarashi sinovdan o‘tkazildi.

Tanlov yakunida Yashnobod tumanidagi “Tong” mahalla fuqarolar yig‘ini birinchi o‘ringa munosib, deb topildi va tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Chilonzor tumanidagi “Novza” mahalla fuqarolar yig‘iniga ikkinchi, Yunusobod tumanidagi “Tiklanish” mahalla fuqarolar yig‘iniga uchinchi o‘rin nasib etdi.

– Tanlovda bilim va tajribamizni yana bir bor sinovdan o‘tkazdik, – deydi “Tong” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ravshan To‘rayev. – Ayniqsa, savol-javob sharti bo‘yicha “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunlar hamda ushbu qonunlar asosida qabul qilingan qonunosti hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda berilgan savollar bilim saviyamizni yanada boyitdi. Bundan tashqari sohadoshlarimiz bilan tajriba almashdik.

“Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” tanlovi joylarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, oila institutini yanada mustahkamlash, aholi, avvalo, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, jamiyatda mahalla institutining o‘rnini kengaytirish, nufuzi va ta’sirini yanada oshirishda o‘zaro tajriba almashish maktabi sifatida ahamiyatli bo‘ldi. Tadbir jarayonida yig‘inlar faoliyatiga oid fotoalbomlar, plakat va stendlar, hunarmandchilik ishlari, milliy liboslar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Konsert dasturi tadbirga bayramona shukuh bag‘ishladi.

O’zA