Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“ENG ULUG‘, ENG AZIZ”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“ENG ULUG‘, ENG AZIZ”

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Badiiy akademiya hamda Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan "Eng ulug‘, eng aziz" an’anaviy tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ijodiy asarlar qabul qilinadi.

“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

— yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;
— bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;
— televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;
— tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari;
— kino san’ati asarlari.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
— muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
— muallifning pasporti nusxasi;
— ish joyidan tavsiyanoma;
— muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.

Tanlovga 2015-yilning 1-avgustidan 2016-yilning 1-avgustigacha bo‘lgan davrda chop etilgan badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar, namoyish etilgan tasviriy san’at va kino san’ati asarlari joriy yilning 1-avgustigacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning ro‘yxati matbuotda e’lon qilinadi.

Ijodiy ishlar “Eng ulug‘, eng aziz” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi,
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi,
O‘zbekiston “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi.

Telefonlar: 244-12-61; 244-64-61; 244-11-64.

"XALQ SO’ZI" GAZETASI