ENI FALEOMAVEGI: «O’ZBEKISTON XALQI HAMISHA MENING QALBIMDA ALOHIDA O’RIN EGALLAYDI»
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimiz Mustaqilligining 24 yillik bayrami munosabati bilan xorijiy mamlakatlarning ko’pgina taniqli jamoat arboblari va ekspertlari nomidan samimiy qutlovlarning kelishi hamon davom etmoqda.
Masalan, AQSh Kongressi Vakillar palatasining Osiyo, Tinch okeani mintaqasi va global atrof muhiti kichik qo’mitasining sobiq raisi Eni Faleomavegi o’z tabriknomasida O’zbekiston davlat mustaqilligining 24 yilligini alohida ko’tarinkilik bilan bayram qilayotganini qayd etadi.
«Men Kongressmen sifatida respublikaga bir necha marotaba borganman, deydi u. Bizning kichik qo’mitamiz Amerikaning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan siyosatini nazorat qilgan. Bu menga muhim tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan mamlakatingizning rivojlanishi va muvaffaqiyatlarini bevosita kuzatib borish imkonini bergan. O’zbekiston xalqi hamisha mening qalbimda alohida o’rin egallaydi.
Men respublika rahbariyati yuritayotgan izchil siyosatga, ayniqsa, demokratik davlat qurish masalalaridagi siyosatga tahsin aytaman. Bu sohadagi qonun ijodkorligi faoliyati ham alohida e’tiborga sazovordir. Chunki ijtimoiy birlashmalar, jamg’armalar, kasaba uyushmalari, nodavlat notijorat tashkilotlarining samarali faoliyatini ta’minlaydigan qator qonunlar qabul qilindi.
Iyul oyida O’zbekistonda bo’lib o’tgan davra suhbatida respublikangiz tajribasiga e’tibor qaratilgan holda mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda nodavlat jabhasi institutlarining roli muhokama etildi. Bu tadbirning o’tkazilgani fuqarolik jamiyati institutlarining mustaqil rivojlanishi ta’minlanishi, demokratik o’zgarishlar jarayoniga ularning jalb etilishini kuchaytirish masalalariga mamlakat rahbariyati katta e’tibor qaratayotganini tasdiqlaydi.
Men Amerika Qo’shma Shtatlarini O’zbekiston bilan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishga o’z hissasini qo’shishga da’vat etaman».
«Jahon» AA, Vashington