Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“ERAZMUS PLYUS” XALQARO TA’LIM DASTURINING AXBOROT KUNI BO‘LIB O‘TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“ERAZMUS PLYUS” XALQARO TA'LIM DASTURINING AXBOROT KUNI BO‘LIB O‘TDI

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2014-2020-yillarga mo‘ljallangan “Erazmus plyus” xalqaro ta’lim dasturining axborot kuni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari, vazirlik va idoralari vakillari, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari E.Stiprays va boshqalar Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining xalqaro aloqalari geografiyasi tobora kengayib, ilg‘or tajriba almashish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish kabi yo‘nalishlarda tizimli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

2014-2020-yillarga mo‘ljallangan “Erazmus plyus” xalqaro ta’lim dasturi doirasida ham oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotir. “Erazmus plyus” Yevropa Ittifoqining ta’lim, kasb-hunar ta’limi va sport sohasidagi dasturi bo‘lib, u turli mamlakatlar talabalariga Yevropa oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish, universitetlar o‘qituvchilariga o‘z malakasini oshirishga ko‘maklashadi.

– “Erazmus plyus” 2018-yil uchun mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga «Capacity Building in Higher Education», «Credit Mobility», «Erasmus Mundus Joint Master Degrees», «Jean Monnet», «Erasmus + for Youth» kabi tanlov yo‘nalishlarini taklif etmoqda, – deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i N.Zufarova. – Bularda ishtirok etish oliy ta’lim salohiyatini oshirish bilan birga, qo‘shma magistrlik dasturlarini amalga oshirish, Yevropaning nufuzli ta’lim dargohlari bilan tajriba almashish imkonini beradi.

Ko‘rgazmali seminar va sessiyalar shaklida bo‘lib o‘tgan axborot kunida ishtirokchilar “Erazmus plyus” doirasida e’lon qilingan navbatdagi tanlov yangiliklaridan tashqari loyiha takliflarini tayyorlash, monitoring va hisobоtlar taqdim qilish bo‘yicha ham bilimini oshirdi.

www.uza.uz