Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ERONDA O’ZBEKISTONNING SAYYOHLIK IMKONIYATLARI TAQDIM ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ERONDA O'ZBEKISTONNING SAYYOHLIK IMKONIYATLARI TAQDIM ETILDI

Tehrondagi “Ozodiy” mehmonxonasida mamlakatimizning Eron Islom respublikasidagi elchixonasi tomonidan “Asia Tour” va “Alaedin” o’zbek va Eron sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda O’zbekistonning turizm salohiyatiga bag’ishlangan taqdimot o’tkazildi. Unda EIRning ijtimoiy-siyosiy, akademik va ishbilarmon doiralari, 50 dan ziyod turizm kompaniyalari va mahalliy OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir chog’ida O’zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi, o’zbek xalqining an’ana va urf-odatlari haqida taqdimot va videofilm namoyish etildi.

Kecha mehmonlari mamlakatimizning Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent kabi tarixiy shaharlari hamda ularning Sharq va G’arb madaniyatini ko’p asrlar davomida bog’lab turgan Buyuk Ipak yo’lining shakllanishida tutgan o’rni bilan tanishdilar.

Shu bilan birga, O’zbekistonda turizm sohasining jadal rivojlanishini ta’minlash borasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlar hamda mamlakatimizda mehmonxonalar va sayyohlik infratuzilmasining boshqa ob’yektlari qurilishi uchun mablag’ ajratadigan xorijlik sarmoyadorlarga taklif etilayotgan qulaylik va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar shuningdek, O’zbekiston hududlari bo’ylab taklif etilayotgan sayyohlik yo’nalishlari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Bundan tashqari, O’zbekistonda mavjud tinchlik va barqarorlik, turli konfessiyalar va etnik guruhlar o’rtasidagi o’zaro hurmat va totuvlik hamda mamlakatimizda sayyohlar oqimining izchil oshishini ta’minlab kelayotgan muhim omillardan biri - zamonaviy turizm infratuzilmasi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida O’zbekistonning diqqatga sazovor maskanlari va tarixiy-madaniy merosi aks ettirilgan suratlar ko’rgazmasi, mamlakatimizning boy turizm salohiyati haqidagi adabiyotlar bilan to’ldirilgan maxsus stend namoyish etildi.

Shu bilan birga, taqdimot chog’ida o’zbek sayyohlik kompaniyasi rahbariyatining Eron Madaniy meros, hunarmandlik va turizm tashkiloti va EIR turizm sanoatining boshqa vakillari bilan bilan o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatish masalalari muhokama etilgan uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Taqdimot chog’ida so’zga chiqqan “Alaedin” sayyohlik kompaniyasi muassisi va rahbari A.Ja’fariy mazkur tadbir orqali Eron jamoatchiligi O’zbekistonda turizm tarmog’ining zamonaviy rivojlanish an’analari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’lganini aytdi.

— Eronlik sayyohlar O’zbekistonning tarixiy-madaniy merosi, aksariyati YUNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan nodir obidalari bilan tanishishni juda istashadi. Biz o’zbekistonlik hamkasblarimiz bilan turizm sohasida o’zaro foydali hamkorlikni yo’lga qo’yish va uni rivojlantirishdan manfaatdormiz.

“Sayyohon Tour” turizm tashkiloti rahbari M.Og’oiy uning kompaniyasi 9 yildan buyon eronliklarning O’zbekistonga sayohatini uyushtirib kelayotganini ta’kidladi.

— O’zbekiston boy sayyohlik salohiyati bilan kompaniyamiz faoliyatida muhim o’rin egallaydi. Menga o’zbek xalqining samimiyligi va mehmondo’stligi juda yoqadi.

Mamlakatingiz turizm sohasi yildan yilga ommalashib bormoqda va bunga O’zbekiston hukumati tomonidan qabul qilinayotgan mazkur tarmoqni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yana bir muhim omil shundaki, O’zbekistonda barqarorlik va osudalik muhiti hukmron. Dunyoda kechayotgan turli ziddiyat va tahdidlarga qaramasdan, mamlakatingiz bo’ylab sayohat qilarkan, u yerda o’zingni to’la xavfsizlikda ekanligingni his qilib turasan.

O’z navbatida, Eron Islom respublikasi madaniy meros, hunarmandlik va turizm tashkiloti Xalqaro masalalar boshqarmasi direktori Laden xonim Tehroniy O’zbekistonda mustaqillik yillarida turizm sohasini rivojlantirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilganini qayd etdi.

— Bugungi taqdimot orqali Eron bilan ko’plab umumiy jihatlarga ega bo’lgan o’lkangizni, bizning Isfaxon, Shiroz va Mashhad kabi qadimiy shaharlaringizni o’zimiz uchun yana bir bor kashf etdik, - dedi u. - Biz mamlakatlarimiz o’rtasida sayyohlik yo’nalishidagi samarali hamkorlikning mustahkamlanishidan juda umidvormiz.

“Jahon” AA, Tehron