Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ESDALIK YUBILEY MEDALLARI TOPSHIRILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ESDALIK YUBILEY MEDALLARI TOPSHIRILDI

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 26-martdagi umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi ijrosi doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, avlodlar uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

“Jasorat, burch, matonat” shiori ostida tashkil etilayotgan shunday tadbirlardan biri poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar hokimligi, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi hududiy kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, urush va mehnat fronti faxriylari, madaniyat va san’at namoyandalari, talaba-o‘quvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida keksa avlod vakillarini ijtimoiy muhofaza qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, munosib turmush sharoitlari yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarining jasorat va matonati davlatimiz tomonidan qadrlanib, ularga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Prezidentimizning 2015-yil 19-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini «Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi» esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi va shu yil 6-martdagi “1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmonlari mamlakatimizda urush va mehnat fronti faxriylariga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tiborni yangi bosqichda davom ettirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur hujjatlar va "Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalar hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida urush va mehnat fronti faxriylarini tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, salomatligini tiklash, faxriylarimizga birlamchi tibbiy-profilaktika yordami ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ko‘lami kengaymoqda.

Tadbirda Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylariga Prezidentimiz nomidan «Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi» esdalik yubiley medallari tantanali topshirildi.

– Davlatimiz tomonidan biz, keksalarga ko‘rsatilayotgan e’zoz-ehtiromdan boshimiz ko‘kka yetmoqda, – deydi Uchtepa tumani Beshqayrag‘och mahallasida yashovchi 96 yoshli Komil ota Xudoyberganov. – Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shifokorlar, yoshlar xonadonimizga tashrif buyurib, holimizdan doimo xabar olib turadi. Bularning barchasi uchun Prezidentimizga mingdan-ming tashakkur.

Bolalar ijodiy jamoalari, taniqli san’atkorlar ishtirokidagi Vatan, yurt, tinchlik, baxtli bolalik, ezgulik tarannum etilgan konsert dasturi, folklor ijodiy jamoalari va sportchi yoshlarning chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

O‘zA