Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Esdalik yubiley medallari topshirilmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Esdalik yubiley medallari topshirilmoqda

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat fronti faxriylariga “Ikkinchi jahon urushidagi o’alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali hamda bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirilmoqda. Kuni kecha Namangan shahrida ham ana shunday tadbir bo’lib o’tdi.

Aytish joizki, Prezidentimizning shu yil 6-martdagi “1941 – 1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida”gi va 2015-yil 19 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari - 1941 – 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi o’alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to’g’risida”gi farmonlari mazkur tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda muhim dasturilamal bo’lmoqda. Ushbu hujjatlar ijrosi doirasida ta’lim muassasalari, mahallalar, korxona va tashkilotlarda faxriylarning yoshlar bilan uchrashuvlari o’tkazilayapti. Ularda so’zga chiqqan otaxonu onaxonlar bugungi dorilamon kunlarga shukronalar aytib, o’zlarining mashaqqatli o’tmish xotiralarini yangi avlod vakillariga so’zlab bermoqda.

Farzandlari, do’stu birodarlari og’ushida yashayotgan Nizomjon ota Sattorov birinchilardan bo’lib ushbu yuksak mukofotni qabul qilib oldi. Ikkinchi jahon urushida mardlik va matonat ko’rsatgan otaxonning ko’rgan-kechirganlari kechagiday yodida. Shuning uchun ham, tinchlik-osoyishtalik, bugungi farovon hayotimizni behad qadrlaydi. Buni yoshlarga mudom uqtirib keladi.

Turg’unboy Mansurov ham urushning so’nggi kunlarigacha fidoyilik ko’rsatgan insonlardan. Yubiley medali bilan taqdirlangan otaxon mamlakatimizda keksalarga ko’rsatilayotgan e’tibor va izzat-ikromdan to’lqinlanib, shunday deydi:

- Istiqlol bizga beqiyos imkoniyatlar berdi, qadrimiz, qaddimizni ko’tardi. Ushbu sana arafasida urush qatnashchilari esdalik yubiley medali va bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlangani esa biz, keksalarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikning yana bir amaliy ifodasi bo’ldi. Buning uchun davlatimiz rahbaridan behad minnatdormiz.

Esdalik yubiley medali va pul mukofotlari viloyatning boshqa tumanlarida ham o’z egalariga tantanali ravishda topshirilmoqda.

www.xs.uz