ESHKAKCHILARIMIZ OLIMPIADA YO‘LLANMASINI QO‘LGA KIRITDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Indoneziyada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Unda sportchilar musobaqa g‘olibligi va kelgusi yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.
Osiyo chempionatining 1000 metrga baydarkada eshkak eshish bahslarida ishtirok etgan sporchimiz Aleksey Mochalov barcha raqiblarini ortda qoldirdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu masofada kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Vatanimiz sharafini himoya qilgan Gerasim Kochnev ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
1000 metr masofaga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha juftliklar o‘rtasida o‘tgan bahsda esa Vadim Menkov va Serik Mirbekov Osiyo chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa chempionatda oltin medalni qo‘lga kiritgan to‘rt nafar sportchimiz XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun belgilangan me’yorni bajardi.