“EURONEWS” O’ZBEKISTON TARIXIY SHAHARLARI HAQIDA TELEDASTURLAR TAYYORLAMOQDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Joriy yilning 5 -14 - oktabr kunlari Yevropaning “Euronews” telekanali tasvirga olish guruhi O’zbekistonga keladi. Guruh tarkibida muxbir Katrina Kaun va operator Fabian Velterlar joy olgan. Tashrifdan ko’zlangan maqsad O’zbekistonning tarixiy shaharlari – Samarqand, Buxoro va Termiz haqida “Uzbekistan Life” dasturi uchun uchta mavzuli lavha tayyorlashdan iborat.
Mamlakatimiz haqidagi lavhalar “Euronews” telekanalida 13 tilda namoyish etiladi. Tomoshabinlar ko’lami dunyoning 155 mamlakatidan 350 milliondan ziyodni tashkil etadi.
Mazkur media mahsulot “Euronews” telekanali bilan “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi o’rtasidagi O’zbekistonning boy tarixiy merosi va sayyohlik salohiyati haqida jahon hamjamiyatini xabardor qilishga qaratilgan hamkorligi doirasida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning sentabr oyidan boshlab “Euronews” telekanali Samarqand, Buxoro va Xiva haqida an’anaviy reklama roligini namoyish etishni boshladi. Bundan tashqari, sentabr oyida “Le Mag” ruknida “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivaliga bag’ishlangan “Samarqand sharq ohanglari” maxsus lavha efirga uzatilgan edi.
“Jahon” AA