Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

EURONEWS TELEKANALIDA POI KALON ME’MORIY MAJMUI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
EURONEWS TELEKANALIDA POI KALON ME'MORIY MAJMUI

Yangi 2017-yilning ilk kunlaridan Yevropaning bosh axborot telekanali mamlakatimizning tarixiy obidalari va sayyohlikka oid diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirishga bag’ishlangan dasturlarni efirga uzata boshladi.

Euronews telekanalining “Postcards from Uzbekistan” turkumidan o’rin olgan navbatdagi - “Mahobatli Poi Kalon majmui etagida” nomli Buxoro shahrida joylashgan ushbu me’moriy yodgorlikka bag’ishlangan ko’rsatuv efirga uzatildi.

Unda mazkur majmua mamlakat uchun juda qadrli bo’lib, o’zida yuzlab yillar oldin barpo etilgan islom me’morchiligining durdonalarini mujassam etgani ta’kidlanadi. Telekanal sharhlovchisi Poi Kalon XII va XVI asrlarda qurilgan uchta asosiy inshoot - minora, madrasa va masjiddan iborat ekani haqida hikoya qiladi.

Minorai Kalon Markaziy Osiyodagi eng qadimiy me’moriy yodgorliklardan biri hisoblanishi haqida so’z yuritilarkan, ko’rsatuvda Poi Kalon majmuining nomlanishi “Katta minoraning etagi” deya tarjima qilinishi tushuntiriladi.

Sharhlovchi Sheymus Kerni muazzam Minorai Kalonning tepa qismidagi darchasida turib ushbu me’moriy obidaning balandligi qariyb 47 metrni tashkil etishi, uning ustidan Buxoroni tomosha qilish mumkinligi va qadimda undan shaharga kelishi mumkin bo’lgan xavfdan qo’riqlovchi minora sifatida ham foydalanilganligi haqida hikoya qiladi.

Dasturda majmuaning ichki hovlisini o’rab turgan madrasaning devorlari rang-barang qadama va manzarali naqshlar bilan bezatilgani qayd etiladi.

Ko’rsatuvning o’ziga jalb etadigan asosiy jihati shundaki, unda Buxoroi sharifning eng qadimiy mahobatli tarixiy obidalarining qush parvozi balandligidan tushirilgan tasviri efirga uzatiladi.

“Jahon” AA, Parij