“EVERGREEN HOLDINGS” (KOREYA) O‘ZBEKISTONDA TSEMENT ZAVODI QURILISHI UCHUN 300 MILLION DOLLAR SARMOYA KIRITADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017 yilning 22 — 25 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida “O‘zqurilishmateriallari” AJ Koreyaning bir qator yetakchi korxonalari bilan hamkorlikda qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy loyihalarni amalga oshirish uchun jami 400 (416.2) mln. AQSh dollari qiymatga ega 7 ta bitim imzolanishi kutilmoqda.
Jumladan, "O‘zqurilishmateriallari" AJ va "Evergreen Holdings" o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tsement ishlab chiqarish zavodi qurilishini birinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha qiymati 60 mln. AQSh dollari (loyihaning umumiy qiymati 300 mln. AQSh dollari.)ga teng kelishuv imzolandi.
"O‘zqurilishmateriallari" AJ va "SY PANEL GROUP" kompaniyalari o‘rtasida esa boshlang‘ich panellar va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 50 mln. AQSh dollariga teng kelishuvga erishildi.
"O‘zqurilishmateriallari" AJ va "HAEAHN" kompaniyasi o‘rtasida aholi turar joylarini qurish buyicha qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu loyihaning qiymati 50 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
"O‘zqurilishmateriallari" AJ va "Evergreen Holdings" kompaniyalari o‘rtasida Navoiy, Samarqand va Namangan viloyatlarida tabiiy toshlarni qazib olish va ishlab chiqarish bo‘yicha erishilgan kelishuvning dastlabki bosqichida 10 mln. AQSh dollari sarmoya kiritiladi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 120 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
"O‘zqurilishmateriallari" AJ va "NURICHEM" kompaniyalari o‘rtasida qurilish uchun mo‘ljallangan germetik mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 2,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan kelishuvga erishildi.
"O‘zqurilishmateriallari" AJ va "OJOO Tech" kompaniyasi o‘rtasida MDF va DSP panellar ishlab chiqarish borasida erishilgan kelishuvning qiymati 1,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘ldi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 4,0 mln. AQSh dollariga teng.
"O‘zqurilishmateriallari" AJ va "KICT" (Koreya fuqarolik qurilishi va qurilish texnologiyalari instituti) o‘rtasida qurilish meteriallarini tadqiq etish va rivojlantirish bo‘yicha O‘zbek-Koreys markazini tashkil etishga ham kelishib olingan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi 150 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritadi.