Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

EZGU NIYAT, SAVOB ISHLAR IFODASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
EZGU NIYAT, SAVOB ISHLAR IFODASI

Bugun erta tongdan Jizzax viloyati shaharu qishloqlari, mahalla va ko‘chalari ham Navro‘zi olam oldidan o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida ishtirok etish, yurtimizni yanada obod va ko‘rkam, hayotimizni farovon qilishga hissa qo‘shishni niyat qilgan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi.

Bunday ko‘tarinki ruhni viloyat markazining Jizzaxlik mahallasidagi Sharof Rashidov nomidagi xiyobonda o‘tayotgan umumxalq hasharida ham kuzatish mumkin.

Shaharning markaziy qismidagi shoh ko‘chalar chorrahasida barpo etilayotgan xiyobonda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois bu yerda quruvchilardan tashqari 3 mingga yaqin kishi hasharga chiqqan. Xiyobonni qurilish chiqindilaridan tozalash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirishda hasharchilar faol ishtirok etayotir.

– Hasharda muayyan hududni, guzar, ko‘cha yo muqaddas qadamjo va ziyoratgohni tartibga keltirish, yolg‘iz qariyalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam berishdek olijanob qadriyatlarimiz bo‘y ko‘rsatishi bilan birga, jamiyatimiz yangilanayotgani, odamlarning hayotga munosabati o‘zgarib, tafakkuri yuksalayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Norqul No‘sharov.

Hashar kunlari viloyatda 2 ming 300 gektardan ziyod maydon obodonlashtiriladi. 2 ming kilometrlik ariq-zovurlar tozalanib, 138 ziyoratgoh va 488 qabriston tartibga keltiriladi. 2 million tupga yaqin mevali va manzarali daraxt, 1 million 200 mingdan ortiq gul ko‘chati ekiladi. 1 million 300 ming tup daraxtga shakl berilib, oqlanadi.

An’anaga ko‘ra, bu galgi xayriya hasharida ham urush va mehnat fronti faxriylari, keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatilib, ularning holidan xabar olinmoqda.

Hashar kunlarida viloyat bo‘yicha 968 nafar urush va mehnat fronti faxriysi, keksa va nogiron, yolg‘iz qariya, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarning turar joylari ta’mirlab beriladi. Ko‘makka muhtoj oilalar, nogiron va yolg‘iz keksalarga 33 million so‘mdan ziyod moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Sharof Rashidov tumanidagi “Qo‘shbarmoq”, Jizzax shahridagi “Nurliobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarining mebel, komputer jamlamalari bilan jihozlangan yangi tipdagi zamonaviy binolari foydalanishga topshirildi.

O’zA