Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

EZGU NIYATLAR TARONASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
EZGU NIYATLAR TARONASI

Vatanimiz mustaqilligining yigirma to’rt yillik bayrami arafasida bo’lib o’tadigan “Sharq taronalari” o’ninchi xalqaro musiqa festivalida mohir xonandayu sozandalar, yetakchi badiiy jamoalarimiz yurtimizning boy madaniy-ma’naviy merosini turli xalqlar vakillariga yana bir bor namoyish etadi.

O’ylaymanki, festivalga kelgan madaniyat va san’at namoyandalari Vatanimiz haqida unutilmas taassurot oladi va O’zbekistonga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi.Vatanimiz mustaqilligining yigirma to’rt yillik bayrami arafasida bo’lib o’tadigan “Sharq taronalari” o’ninchi xalqaro musiqa festivalida mohir xonandayu sozandalar, yetakchi badiiy jamoalarimiz yurtimizning boy madaniy-ma’naviy merosini turli xalqlar vakillariga yana bir bor namoyish etadi. O’ylaymanki, festivalga kelgan madaniyat va san’at namoyandalari Vatanimiz haqida unutilmas taassurot oladi va O’zbekistonga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi.Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1997 yildan buyon an’anaviy o’tkazib kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali mamlakatimizning madaniy aloqalarini rivojlantirishda, Vatanimiz, milliy san’atimiz dovrug’ini olamaro yanada kengroq yoyishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

O’zA muxbiri “Sharq taronalari” II xalqaro musiqa festivali Gran-pri sohibi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Nasiba Sattorova bilan ushbu festivalning milliy san’atimiz rivojidagi o’rni va ahamiyati xususida suhbatlashdi.

— Mustaqillik milliy qadriyatlarimizni qayta tiklash, xususan, o’zbek musiqa san’atini rivojlantirish borasida ulkan imkoniyatlar yaratib berdi, - deydi Nasiba Sattorova. - Xalqimizning dilbar kuy-qo’shiq va laparlari, mumtoz maqomlari yangi ijrochilik yo’llari bilan boyib, boshqa xalqlarga ham keng yoyilayotgani san’atimizning azaliy shuhrati yanada yuksalayotganidan dalolatdir.

“Sharq taronalari” musiqa festivali o’z oldiga jahon xalqlarining musiqa va qo’shiqchiligi durdonalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlodni milliy musiqamiz xazinasidan kengroq bahramand etish, turli millat va elatlar o’rtasida do’stlik va hamkorlikni mustahkamlashdek ezgu maqsadlarni qo’ygan.

Ushbu festival sharqona falsafasi, dunyo xalqlarini ezgulik va hamjihatlikka da’vat etishi bilan ahamiyatlidir.

Mazkur san’at forumining YUNESKO shafeligida o’tkazilayotgani, turli mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, mashhur san’atkorlarning bu festivalga qiziqishi yildan-yilga ortib borayotgani uning nufuzi va darajasi yuksakligidan dalolat beradi.

- Sizningcha, ushbu festivalning jahondagi nufuzli san’at anjumanlari qatoridan joy olishida Samarqandning roli qanday?

1999 yili “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida “Chorgoh” va “Yor vasli” maqomlarini ijro etgandim. Maqomchilar ansambli jo’rligida muhtasham Registonda asriy durdonalarimiz bilan birga, bastakorlik, ashulachilik an’analarimizni namoyish qildik. Bu jahonning nomdor san’atkorlari, bastakorlari, muxlisu mutaxassislarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur festival maqom, an’anaviy ijrochilik yo’lida ijod qilayotgan san’atkorlarimizni xalqimiz ichiga yaqinroq olib kirmoqda. O’tgan yillarda Munojot Yo’lchiyeva, Matluba Dadaboyeva kabi xalqimiz mehrini qozongan ustoz san’atkorlarimiz bilan birga Sohibjon Niyozov, Abdunabi Ibrohimov, Nodira Pirmatova, Abror Zufarov singari yosh iste’dodlar hayoti va ijodida yangi sahifalar ochdi. “Sharq taronalari” festivali tufayli ularning ijrosi jahon musiqa ixlosmandlari e’tiboriga tushdi, qo’shiqlari dunyoga yoyildi.

Festival butun dunyodan kelayotgan ishtirokchilar o’rtasida do’stona hamda ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotir. Xorijlik ijrochilar milliy san’atimiz bilan tanishmoqda, biz ular bilan hamkorlik o’rnatmoqdamiz. Masalan, 1997 yilda o’tkazilgan “Sharq taronalari” birinchi xalqaro musiqa festivalidan so’ng ozarbayjonlik xushovoz xonanda Simara Imanova bilan do’stlashdik, ijodiy hamkorligimiz bugun ham davom etmoqda.

- Milliy musiqa merosimizning jahon madaniyatidagi bugungi o’rnini qanday baholaysiz?

— Musiqa, ohang o’z tabiatiga ko’ra umuminsoniy mohiyatga ega. Shuning uchun ham boshqa vosita bilan ifodalab bo’lmaydigan tuyg’ularni musiqa orqali anglaymiz. Afsuski, bugungi notinch zamonda ko’plab mamlakatlarda san’atning inson tarbiyasidagi o’rnini “ommaviy madaniyat”ning puch g’oyalari egallamoqda. Ana shunday murakkab davrda chinakam xalqona merosga, ajdodlarning milliy qadriyatlariga ehtiyoj yanada ortadi.

Janubiy Koreya musiqa akademiyasi direktori, 2001 yilgi “Sharq taronalari” festivali hakamlar hay’ati raisi Xan Mun Xi “G’arbda madaniyatlar allaqachon umumlashib bo’ldi, lekin Sharq hali o’zligini saqlashga harakat qilayapti”, degan edi. Nazarimda, Sharqning o’ziga xos, betakror ohanglar zeb bergan musiqa madaniyatini nafaqat asrash, shu bilan birga yanada boyitish va targ’ib qilish yo’lidagi sa’y-harakatlar “Sharq taronalari” kabi festivallarda yorqinroq namoyon bo’lmoqda. San’atimiz xorijlik muxlislarning olqishiga sazovor bo’layotgani, qo’shiqlarimiz chet davlatlarda sevib tinglanayotganining boisi ham shunda.

WWW.PV.UZ