FANLAR OLIMPIADASI – IQTIDORLAR UCHUN IMKONIYAT
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi bilan hamkorlikda fanlar olimpiadasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori D.Jumaboyev va boshqalar mamlakatimizda iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularning izlanishi, intellektual salohiyatini yuksaltirish uchun zarur sharoit va imkoniyatlarga jiddiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 14-martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ta’limning ushbu tizimida o‘qitish va tarbiya sifatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilayotgan olimpiadada umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi maskanlarining o‘quvchilari matematika, fizika, biologiya, kimyo fanlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘radi.
Universitet olimpiadasi aprel oyida hududlar kesimida quyidagi tartibda o‘tkazildi: Samarqand davlat universitetida Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari, Qarshi davlat universitetida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, Qo‘qon davlat pedagogika institutida Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlari o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy universitetida esa poytaxtimiz, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari yoshlari qatnashdi.
May oyida Urganch davlat universiteti hamda Qoraqalpoq davlat universitetida shu kabi intellektual bellashuvlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
– Ushbu bilimlar sinoviga internetdagi tegishli sayt orqali e’lon berilgan edi, – deydi O‘zMU qoshidagi S.Sirojiddinov nomli akademik litsey direktori Qahramon Ibodullayev. – Mazkur olimpiadaning afzallik jihati shundaki, unda istagan o‘quvchi o‘zining matematika, fizika, biologiya, kimyo fanlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega.
Ishtirokchilarning bilimi umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari uchun o‘quv dasturlari doirasida olimpiada darajasidagi murakkablikda bo‘lgan masalalar yordamida aniqlandi. Yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar yetuk matematiklar, professor-o‘qituvchilar o‘tkazadigan yozgi mahorat maktabidagi mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun taklif etiladi. G‘oliblar universitet saytida e’lon qilinadi.
O’zA