Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FAOL HAMKORLIKNING AMALIY SAMARASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FAOL HAMKORLIKNING AMALIY SAMARASI

Koreya Respublikasi O’zbekistonning strategik sheriklaridan biri. Mamlakatlarimiz o’rtasida o’zaro hurmatga asoslangan do’stlik va hamkorlik aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bu ikki davlat Prezidentlarining doimiylik kasb etgan muloqotlari samarasida yangi mazmun bilan boyib bormoqda.

O’zbekiston va Janubiy Koreya o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga davlat va jamoat tashkilotlari salmoqli hissa qo’shmoqda. Koreya Respublikasi xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirishda mamlakatimizdagi qator vazirlik va idoralar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotir.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan o’tkazilgan press-turda jurnalistlar mazkur vazirlik hamda KOICA bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tashkil etilgan Kasb-hunarga o’qitish markazi faoliyati bilan tanishtirildi.

Zamonaviy asbob-uskuna taqdim etish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, Janubiy koreyalik mutaxassislarni yurtimizga jalb etish ushbu agentlik bilan amalga oshirilayotgan hamkorlikning asosiy yo’nalishlaridir. Yigirma yil mobaynida sog’liqni saqlash, ta’lim, axborot texnologiyalari, kommunal xo’jaligi, qishloq va suv xo’jaligi, energetika kabi sohalarda qariyb 80 million dollar miqdoridagi 24 loyiha bajarildi.

2012 yildan buyon faoliyat yuritayotgan Kasb-hunarga o’qitish markazida tuman va shahar bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari yo’llanmalari bo’yicha har yili yetti yuzga yaqin yigit-qiz bepul o’qitilmoqda. Mashinasozlik ishlab chiqarishi va texnologiyalari, elektronika va elektrotexnika, avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish, axborot texnologiyalari va tizimlari kabi muhim yo’nalishlarda kadrlar qayta tayyorlanmoqda. Ular bu yerda zarur kasbni egallagach, mamlakatimizdagi yetakchi korxonalarda doimiy ish bilan ta’minlanayotir. 2012 yildan buyon mazkur markazni 1500 dan ziyod yosh bitirdi. Ularning barchasi uch tomonlama shartnoma asosida ish bilan ta’minlandi.

Markaz direktori Ravshan Ibrohimovning aytishicha, bitiruvchilar “O’zavtosanoat”, “O’zeltexsanoat”, “O’ztelekom”, “Toshavtotexxizmat”, “GM Powertrain Uzbekistan”, “O’zagromashservis”, “Toshkent truba zavodi”, “Quyuv-mexanika zavodi”, “O’zbekiston metallurgiya kombinati”, “O’zelektroapparat-Elektroshit” kabi kompaniya va korxonalarda faoliyat yuritmoqda. Ayni paytda Samarqand, Shahrisabz, Qo’qon va Urganch shaharlarida ham bunday markazlarni tashkil etish bo’yicha faol ishlar olib borilmoqda.

— 2013 yilda mazkur markazni muvaffaqiyatli bitirdim, - deydi Umid Komilov. - Uch tomonlama shartnoma asosida “GM Powertrain Uzbekistan” qo’shma korxonasiga ishga joylashdim. Markazda olgan bilimlarim mehnat faoliyatimda qo’l kelmoqda.

Ta’lim muassasasida o’qish muddati 10 oy bo’lib, o’quv dasturi va jarayonida nazariya uchun umumiy vaqtning 35 foizi, qolgan qismi korxonalarda amaliyot o’tash uchun ajratilgan. Keyinchalik mazkur korxonalar oldindan tuzilgan shartnomaga muvofiq o’quvchilarni ish bilan ta’minlaydi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga ta’lim yo’nalishi va ixtisosligi ko’rsatilgan sertifikat beriladi.

Markazda 24 o’qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustasi, shuningdek, KOICA agentligidan 8 ko’ngilli mutaxassis o’quvchilarga ta’lim bermoqda. Viloyatlardan kelgan o’quvchilar uchun yotoqxona mavjud.

— O’zbekistonda malakali kadrlar tayyorlash masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda va bu o’z samarasini ko’rsatmoqda, - deydi KOICA agentligi mutaxassisi Baak Seung Su. - Kasb-hunarga o’qitish markazida “Avtomobillarga rang berish va quritish sexi” mini-loyihasini ishlab chiqdik. Bu loyiha markaz o’quvchilarining kasb mahoratini oshirishga xizmat qilmoqda. O’zbekiston yoshlari intellektual salohiyati va iqtidori bilan boshqalardan ajralib turadi. Bu mamlakatingizdagi yoshlarga oid davlat siyosati samarasidir.

Ayni kunda KOICAning qariyb yetmish ko’ngillisi yurtimizda faoliyat ko’rsatmoqda.

KOICA bilan 2015-2017 yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturi qiymati 58 million dollarlik 11 loyihani amalga oshirishni nazarda tutadi. Toshkent aeroportini modernizatsiya qilish va yangi xalqaro terminal barpo etish loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, quriladigan IV darajali zamonaviy ko’p tarmoqli klinikalar uchun yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash va tibbiy uskunalarga xizmat ko’rsatish markazlarini, Xorazm va Farg’ona viloyatlarida texnik mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlash markazlarini tashkil etish, zamonaviy axborot-resurs markazini qurish va jihozlash, elektron o’qitish tizimini joriy etish hamda o’quv-ilmiy laboratoriyalarni jihozlash orqali Toshkent axborot texnologiyalari universitetini rivojlantirish loyihalari shular jumlasidandir.

Press-tur davomida jurnalistlar markazning moddiy-texnik bazasi bilan tanishib, darslarda ishtirok etdi. O’quvchilar, o’qituvchilar, markaz bitiruvchilari va ko’ngillilar bilan suhbatlashdi.

Jahon AA