FAOL VA TASHABBUSKOR AYOLLAR TANLOVI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Milliy matbuot markazida “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi H.Boboxonov va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qat’iy fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirish, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishga doimiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Bugungi kunda poytaxtimizda yigirma mingdan ziyod xotin-qiz O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi. Ular orasida fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari vakillari ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Mazkur tanlov mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda xotin-qizlar faolligini oshirish, yuksak siyosiy bilim va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan ayollarni aniqlash, ularni partiya tizimiga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlovda uning quyi bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 12 xotin-qiz qatnashdi.
Ishtirokchilar dastlab hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xotin-qizlar uchun barqaror ish o‘rinlari yaratish, oilaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan loyihalarini taqdim etdi. “Qonunlarimiz hayotimiz asosidir” deb nomlangan ikkinchi shartda ularning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. “Siyosiy hozirjavoblik” shartida qatnashuvchilarning siyosiy bilimi, notiqlik mahorati baholandi.
Tanlovda Olmazor tibbiyot kolleji o‘qituvchisi Nilufar Sobirjonova birinchi o‘ringa munosib topildi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘l oldi.
– Men tanlovga «Muloqot va muruvvat» markazi tashkil qilish loyihasini taqdim etdim, – deydi N.Sobirjonova. – Unga ko‘ra, dastlab Olmazor tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar ro‘yxati tuziladi va ular bilan doimiy muloqot o‘rnatiladi. Muammo va istaklar o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlarga yetkaziladi. Ularning orasida iqtidorli va salohiyatlilari ko‘p. Markazning maqsadi imkoniyati cheklangan yoshlarni ish bilan band etish, hunar va kasb egallashiga ko‘maklashishdan iborat bo‘ladi.
O’zA