Fargʻona shahrida bir yoʻla uch farzand dunyoga keldi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Fargʻona shahrining Gulzor mahallasida istiqomat qiluvchi Islomjon Isroilov va Dilorom Isroilova oilasida bir yoʻla uch farzand dunyoga keldi. Chaqaloqlarga Shavkatjon, Ziroatxon va Saidaxon deb ism qoʻydilar.
Buni qarangki, kichkintoylarning dadasi Islomjon Isroilov 1994-yil 1-sentyabrda – Mustaqilligimizning 3 yillik bayrami kuni tugʻilgan ekan. Mana, oradan chorak asr vaqt oʻtib, Islomjon bir emas, uch nafar farzandning otasiga aylandi.
– Kasbim shifokor, shirintoylarimning sogʻligʻidan oʻzim boxabar boʻlib turaman, – deydi egizaklarning buvisi, Fargʻona shahridagi 5-oilaviy poliklinika bosh shifokori, Feruza Madaliyeva. – Oʻgʻlim Islomjon tadbirkor. Nabiralarim tugʻilgan kuni u Rossiyada xizmat safarida edi. Oʻsha yerdan turib dadasi ikkimizga qoʻngʻiroq qildi. “Yakshanba kuni bozorga chiqib, chiroyli avtomashina tanlab turinglar. Keliningiz va nabiralaringizni koʻrgani ana shu mashinada bormoqchiman”, deb tayinladi. Ammo 5-may kuni poytaxtdan kelgan vakillar bizga Prezident sovgʻasi – “Kobalt” avtomashinasini topshirib ketishdi. Ertasiga – 6-may kuni esa viloyatimizga tashrifi chogʻida davlatimiz rahbari bilan uchrashish baxtiga muyassar boʻldim. Ishonasizmi, bunday qoʻshaloq xursandchilik tushimga ham kirgan emas. Kichkintoylarni el-yurt ravnaqiga kamarbasta, fidoiy insonlar qilib tarbiyalaymiz albatta.