Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Farg‘ona va Leningrad aloqalari yanada mustahkamlanmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Farg‘ona va Leningrad aloqalari yanada mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 14–16 sentabr kunlari Farg‘ona jurnalistlar uyushmasi rahbari Muhammadjon Obidov va Farg‘ona viloyati Slovyan milliy markazi rahbari Galina Akopdjanova boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona va Leningrad viloyatlarining madaniy-ma’rifiy sohalardagi ikki tomonlama aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Sankt-Peterburg shahrida bo‘ldi.

Tashrif doirasida viloyat ma’muriyati rahbarlari, ilmiy-madaniy markaz va keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, ushbu shaharda istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Leningrad viloyati o‘zini-o‘zi boshqarish millatlararo munosabatlar qo‘mitasi raisi L.Burak, Leningrad viloyati “Do‘stlik uyi” direktori V.Mixaylenko, Farg‘ona viloyati Slovyan milliy markazi rahbari G.Akopdjanova va boshqalar O‘zbekistonda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy o‘zgarishlarni alohida ta’kidlar ekan, bugungi kunda ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash uchun qulay imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdilar.

V.Mixaylenko va G.Akopdjanovalar ikki viloyat o‘rtasida uzoq muddatli o‘zaro milliy ansambl safarlarini tashkil etish, ta’lim sohasida tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yishga oid qator hamkorlik shartnomalarini imzoladilar.

Ta’kidlash joizki, safar doirasida, shuningdek, Farg‘ona viloyati vakillari Leningradning Priozersk shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Rossiya ohanglari” 5-etnomadaniyat festivalida ham ishtirok etishdi. Qariyb 50 ta milliy madaniyat markazi ishtirok etgan mazkur festival chog‘ida o‘zbek milliy liboslari, cholg‘u asboblari, xunarmandchilik namunalari, tasviriy san’at buyumlari mehmonlar e’tiboriga havola qilindi.

“Dunyo” AA, Sankt-Peterburg