Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FARG‘ONA VILOYATIDA 75 MINGGA YAQIN YOSH SAYLOVDA BIRINCHI MARTA OVOZ BERADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FARG‘ONA VILOYATIDA 75 MINGGA YAQIN YOSH SAYLOVDA BIRINCHI MARTA OVOZ BERADI

Joriy yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Farg‘ona viloyatida 75 mingga yaqin yoshlar birinchi marta ovoz beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga ko‘ra, uyushqoqlik bilan olib borilayotgan saylov kampaniyasi tufayli fuqarolarning huquqiy-siyosiy bilimi, ijtimoiy faolligi ortmoqda. Ular saylovda ishtirok etish orqali o‘z fuqarolik pozitsiyasini, yurt kelajagi uchun o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega ekanini teran anglab yetmoqda. Buni shu kunlarda mamlakatimizdagi akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibоt tadbirlari misolida ham ko‘rish mumkin.

Yoshlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, demokratik o‘zgarish va yangilanishlarning bevosita ishtirokchisi hisoblanadi. Bu esa ularning saylov qonunchiligiga doir bilim va tushunchalarini yanada boyitishni, huquqiy madaniyatini yuksaltirishni taqozo etadi. Shu maqsadda Farg‘ona viloyatidagi barcha oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida saylovda ilk bor qatnashadigan yoshlar ishtirokida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. "Bugun o‘quvchi – ertaga saylovchi", "Sening ovozing hal qiluvchi ahamiyatga ega", "Men birinchi marta ovoz beraman!", “Bir saylovchi – bir ovoz” shiorlari ostidagi tarqatma materiallar, joylarda o‘rnatilgan targ‘ibоt bannerlari navqiron avlodni saylov qonunchiligi bilan yaqindan tanishtirish barobarida ularning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Tadbirlarda mutaxassislar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va saylovga oid boshqa qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar bermoqda.

– Kollejimizda Bosh qomusimizning hayotimizdagi o‘rni, mamlakatimizda demokratik tamoyillar asosida o‘tkazilayotgan saylovlar mohiyati, ularda yoshlarning ishtirokiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etilmoqda, – deydi Buvayda agrosanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Adham Turobjonov. – Bu yil ilk bor saylovda ovoz beraman. Bu men uchun ham hayajonli, ham mas’uliyatli. Zero, fuqarolik burchimni ado etishim mamlakatimiz taraqqiyoti, hayotimiz farovonligiga o‘z hissamni qo‘shishning yana bir imkoniyatidir.

O’zA