Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FARG‘ONA VILOYATIDA UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI TARKIBI TASDIQLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FARG‘ONA VILOYATIDA UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI TARKIBI TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisida okrug hududidagi uchastka saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyalari tarkibini qonunda belgilangan talablar asosida ko‘rib chiqib, viloyat hududidagi 980 saylov uchastkasi bo‘yicha komissiyalar tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uchastka saylov komissiyalari tarkibiga ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimlari, korxonalar va jamoat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan obro‘li, tashkilotchilik qobiliyati va siyosiy bilimi yuqori, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini yaxshi tushunadigan rahbar xodimlar kiritildi.

Okrug saylov komissiyalarining hozirgi tarkibi avvalgilardan sifat jihatidan birmuncha farq qiladi. Bu ayollar, nodavlat notijorat tashkilotlari faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ko‘pchilikni tashkil etayotganida ko‘rinadi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi raisi N.Sobirov komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Saylov kampaniyasi jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

O’zA