Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FAROVON HAYOTIMIZNING XALQARO E’TIROFI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FAROVON HAYOTIMIZNING XALQARO E'TIROFI

Yaqinda BMTning bir guruh nufuzli olim va tahlilchilari tomonidan jahonning eng baxtli mamlakatlari yangi reytingi tuzilib, e’lon qilindi. Uni tayyorlash chog’ida dunyoning 158 ta davlatidagi tegishli ko’rsatkichlar tahlil etildi.

E’tiborlisi, mazkur ro’yxatda respublikamiz 44-o’rinni egalladi. MDH davlatlari orasida O’zbekiston birinchi pog’onada qayd etildi, Osiyo mamlakatlari ichida esa yetakchilar qatoridan joy oldi. Bularning barchasi yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli demokratik islohotlar samaralaridan dalolatdir.

Jahonning baxtli mamlakatlari reytingi davlat yalpi ichki mahsulotining o’sish sur’atlari, aholi jon boshiga daromadlarning bo’linishi, u yerdagi tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy sohaga qaratilayotgan e’tibor, korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha amaliy chora-tadbirlar, jinoyatchilik darajasi, bag’rikenglik, aholi farovonligi, fuqarolarning davlat tomonidan olib borilayotgan siyosatga munosabati va boshqa qator mezonlar asosida aniqlanadi. Ko’rsatib o’tilgan mezonlar bo’yicha ma’lumotlar to’plash hamda ularni kompleks tahlil qilish 2012 – 2014-yillar mobaynida amalga oshirilgani diqqatga sazovor.

Shubhasiz, qisqa davr ichida yurtimizda inson huquqlari va erkinliklari, fuqarolarimiz farovonligini ta’minlash yo’lida salmoqli yutuqlarga erishildi. Dunyoda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hali-hanuz davom etayotganiga qaramay, O’zbekistonda iqtisodiyot va uning yetakchi tarmoqlarida barqaror yuqori o’sish sur’atlari kuzatilmoqda. So’nggi 10 yilda mamlakatda yalpi ichki mahsulot darajasi har yili 8 foizdan ziyodni tashkil etayapti. Mana, joriy yilning birinchi choragida ham bu borada 7,5 foiz o’sishga erishildi. Ayni paytda ishlab chiqarish sektori, sanoat jadal ravnaq topayotir, investitsiyalar hajmi va aholining real daromadlari oshib bormoqda.

Tabiiyki, O’zbekiston yutuqlarining jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi faqatgina raqamlar tahlilida o’z ifodasini topmagan. Uning ortida hamyurtlarimizning yuqori kayfiyati, yuksalib borayotgan hayot darajasi, diyorimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, olib borilayotgan oqilona siyosat yaqqol ko’rinib turibdi.

Ta’kidlash joizki, mustaqillikning ilk yillaridanoq O’zbekiston o’zi tanlagan yo’ldan qat’iyat va ishonch bilan olg’a borayapti. Pirovardida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishildi.

Biz tanlagan va dunyoda taraqqiyotning “o’zbek modeli” deya e’tirof etilgan yo’l naqadar to’g’ri ekanligini hayotning o’zi tasdiqlab berdi. Zero, bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyiliga asoslangan islohotlarni izchil ro’yobga chiqarish uning mazmun-mohiyatini tashkil qiladi. Odamlarimiz dunyoqarashi va tafakkuridagi tub o’zgarishlar, ularning siyosiy-huquqiy madaniyati o’sib borayotgani, hayotida ko’pni ko’rgan fidoyi hamda mard xalqimiz mazkur yutuqlar asosi hisoblanadi, desak, ayni haqiqatdir.

Albatta, dunyoning eng baxtli mamlakatlari qatoridan munosib joy olish har bir o’zbekistonlik qalbiga o’z Vatanidan cheksiz g’ururlanish va faxrlanish tuyg’usini baxsh etadi. Bu, o’z navbatida, xususan, biz, deputatlar zimmasiga amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini o’z vaqtida va sifatli ta’minlash, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish, saylovchilar manfaatlarini himoya qilishdek katta mas’uliyat yuklaydi.

Yana bir muhim jihatga to’xtalib o’tish joiz. Ya’ni Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan qayd etilganidek, agarki biz erishgan yutuq va marralarimiz bilan chegaralanib, xotirjamlik, havolanish va beparvolik kayfiyatlariga berilib ketsak, bunday holat barchamiz yo’l qo’ygan, kechirib bo’lmaydigan katta xatoga aylanib ketishi mumkin. Barchamiz ushbu haqiqatni yaxshi anglab yetgan holda, atrofimizda ro’y berayotgan o’zgarishlarga daxldorlik hissi bilan, qisqa qilib aytganda, bu saxovatli, tengi yo’q zamin - mening yagona Vatanim, uning quvonchi va g’amxo’rligi - mening quvonchim va g’amxo’rligim ekanligini chuqur his qilgan holda yashashimiz maqsadga muvofiqdir.

Shular bilan bir qatorda, mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalarni dunyoda sodir bo’layotgan voqyea-hodisalarni inobatga olgan holda amalga oshirish bizdan O’zbekistonning jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o’rin egallashi yo’lida demokratik islohotlarni yanada faollashtirishni talab etadi. Zero, biz hayot bir joyda to’xtab turmasligiyu hamma narsa harakatda ekanligini, gullab-yashnash yo’lida zamonning o’zi dadil sa’y-harakatlarni taqozo etishini hyech qachon unutmasligimiz zarur.

Rahim HAKIMOV,
Shuhrat YAKUBOV,

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputatlari.