Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FAROVON TURMUSH KAFOLATI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FAROVON TURMUSH KAFOLATI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligi oldidan Farg‘ona viloyatida ham turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan shunday tadbir “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari” deb nomlandi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari, ta’lim muassasalari xodimlari, mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi U.Bozorov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida huquqiy-demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi. Bosh qomusimizda belgilangan kafolatlar ozod va obod Vatan, tinch-osuda va farovon hayot barpo etishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir.

Asosiy qonunimizning qabul qilinishi mustaqilligimizga mustahkam huquqiy poydevor qo‘yib, jamiyatimizning ishonchli huquqiy kafolatlarini belgilab berdi. Konstitutsiyamizning g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani, shuningdek, u umuminsoniy qadriyatlarni, xalqaro andozalarni o‘zida mujassam etgani bilan ham ahamiyatlidir.

– Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini o‘rganish biz, yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega, – deydi Farg‘ona davlat universiteti talabasi Tabassum Mo‘minova. – Chunki unda barcha huquq va burchlarimiz belgilab berilgan.

O‘zA