FAROVONLIK QADRI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda milliy bayramimiz - Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekistan Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 24 yilligi keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va mulodotlar, konsert dasturlari bo’lib o’tayapti.
An’anaga muvofik 14-yanvar kuni Mustaqillik maydonida Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo’mitasi vakillari tantanali tarzda saf tortdi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangradi.
Istiqlol ulug’ ne’mat. U hech qachon osonlik bilan qo’lga kiritilmagan. Ko’pni ko’rgan, hayotning og’ir sinov va murakkabliklarini boshdan kechirgan xalqimiz buni juda yaxshi anglaydi, teran his qiladi. Shu bois ham har bir yurtdoshimiz bugungi farovon kunlarni qadrlab, shukronalar aytadi, mustaqillikni asrab-avaylashni o’zining muqaddas burchi, deb biladi.
Darhaqiqat, istiqlolning ahamiyatini hyech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. U biz uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Odamlarimiz ko’ksiga shamol tegdi, yelkasi oftob ko’rdi. Erkin va farovon hayot barpo etishga bo’lgan chin istak-xohish paydo bo’lib, kelajakka ishonch tuyg’ysi uyg’ondi. Milliy an’ana hamda qadriyatlarimiz qayta tiklandi, ajdodlarimizga xurmat-ehtirom ko’rsatildi. O’z navbatida, boshlangan ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari tufayli shaharu qishloqlarimiz qiyofasi o’zgarib, zamonaviylashib borayotir. Ta’lim muassasalari, yo’llar, ko’priklar, sport majmualari barpo etilayapti. Qisqasi, inson baxtli yashashi uchun nimaiki zarur bo’lsa, barchasi muhayyo qilinmoqda.
Mamlakatimizdagi eng tabarruk maskanlardan biri Mustaqillik maydoniga tashrif buyurganimizda, hayolimizdan beixtiyor ana shu fikrlar o’tadi.
Shunday dorilamon kunlar saodatidan bahramandligimiz, hayotimizdan rozi bo’lib, ertangi kunga ishonchimiz mustaxkamligining eng muhim omili bu, shubxasiz, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikdir. Milliy armiyamiz esa uni asrab-avaylashning kafolati sanaladi.
Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 24 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo’llagan bayram tabrigida e’tirof etilganidek "Biz chorak asr mobaynida bosib o’tgan murakkab yo’limizga nazar tashlar ekanmiz, o’z vaqtida qabul qilingan va chuqur o’ylangan islohotlar dasturini amalga oshirish natijasida O’zbekiston bugungi kunda professional tayyorgarlikka ega bo’lgan, yaxshi ta’minlangan, Vatanimiz va xalqimizga sadoqatli, mamlakatimizning xavfsizligi va hudydiy yaxlitligini, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash bo’yicha keng ko’lamli vazifalarni samarali ado etish, fuqarolarimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir bo’lgan milliy armiyasiga ega, deb aytishga barcha asoslarimiz bor".
"Vatan himoyachilari harbiy orkestr musiqa sadolari ostida hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo’lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gullar qo’yishdi.
Bu an’ana mohiyatida xalqimiz uchun osoyishtalik farovonlik mustaqillik bergan bebaho ne’mat, uni qadrlash barchamizning zimmamizdagi ulkan -mas’uliyatdir, degan teran ma’no mujassam.
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat bojxona qo’mitasida ham tantanali tadbirlar bo’lib o’tdi. Ularda Prezidentimizning bayram tabrigi mazmun-mohiyati, unda Vatan himoyachilari oldiga qo’yilgan eng muhim vazifalar hakida so’z yuritildi.
Prezidentimizning 2016-yil 12-yanvardagi Farmoniga muvofiq davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlash ishiga qo’shayotgan katta hissasi, milliy manfaatlarimizni himoya qilish hamda tinchlik barqarorlik va jamoat tartibini ta’minlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog’ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko’rsatgani uchun mukofotlanganlar orasida Mudofaa vazirligi hamda Davlat bojxona qo’mitasi xodimlari xam bor.
Tadbirlarda ularga Vatanimizning ana shu yuksak mukofotlari topshirildi.