FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGINING 2016-YILDAGI FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining yillik majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2016-yil yakunlari sarhisob qilinib, 2017-yildagi ustuvor vazifalar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-dekabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi bugungi kunda 40 dan ortiq vazirlik, idora, tashkilot, muassasa va kompaniyalarni birlashtirib, tabiiy va texnogen tusdagi ofatlar oqibatlarining oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda davlat boshqaruvi organlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlamoqda.
Majlisda zilzilalar oqibatida paydo bo‘ladigan tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda aholini to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan dastur natijalari ko‘rib chiqildi. Dastur ijrosini ta’minlash doirasida ta’lim, tibbiyot va madaniyat muassasalari, davlat tashkilotlarida Fuqaro muhofazasi kunlari, maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlar, seminar va treninglar o‘tkazildi.
Shuningdek, “Yosh qutqaruvchi” klublari faoliyatini targ‘ib etish va rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda ushbu klublarda 34 mingdan ortiq kishi bu boradagi ko‘nikmalarni egallamoqda.
Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan xavfli gidrometeorologik va geologik hodisalar yuz berishi ehtimoli bor hududlar tekshirildi. Tog‘larda qor hajmi, baland tog‘larda joylashgan ko‘llar holati hamda sel oqimlarining yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida yettita aerovizual kuzatuvlar o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari asosida aholi va iqtisodiyot obyektlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib amalga oshirildi. Avtotransport, zamonaviy aloqa vositalari bilan ta’minlangan viloyat va tuman tezkor shtablari tuzildi. Vazirlik mexanizatsiyalashgan otryadlarining tayyorgarlik darajasi kuchaytirildi, yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasi yaratildi, kecha-kunduz ishlaydigan navbatchilik tizimi tashkil etildi. Shuningdek, 69 nazorat-kuzatuv postlari tuzilib, qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari amalga oshirildi.
2016-yilda uyali aloqa operatorlari ob-havo sharoitlari va yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida aholini xabardor qilish maqsadida muntazam ravishda SMS-xabarnomalar yuborib turdi. Shu bilan birga, o‘tgan yili o‘tkazilgan 27 qo‘mondonlik-shtab va 317 maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlarida 302 mingdan ziyod kishi qatnashdi va 7 mingta maxsus texnika jalb etildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining avariya-qutqaruv otryadlari fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularni qutqarish maqsadida joylarga uch mingdan ziyod chiqishlar tashkil qildi. O‘tgan yili vazirlikning barcha otryadlari zamonaviy pnevmoyostiqlar va akvalang apparatlari bilan ta’minlandi.
Yig‘ilishda 2017-yilning dolzarb vazifalari belgilandi.
O’zA