Faxriylarni e’zozlash farzandlik burchimiz
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Katta Oltintepa mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 99 yoshli Odil ota Fozilovning xonadoni har qachongidan gavjum.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakillari otaxonga Prezidentimiz Islom Karimov nomidan “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali, pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi.
Mamlakatimizda urush va mehnat fronti faxriylariga hurmat-ehtirom ko‘rsatilishida davlatimiz rahbarining 2015-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi hamda joriy yil 6-martdagi “1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonlari dasturilamal bo‘lmoqda.
Bayram arafasidagi e’tibordan behad shodlangan otaxon bunday g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, Yaratgandan tinch-osoyishta va farovon hayotimiz barqaror bo‘lishini so‘rab duo qildi.
– Prezidentimiz tomonidan nuroniylarga ko‘rsatilayotgan hurmatdan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi, – deydi O.Fozilov. – Hayotimiz kun sayin obod bo‘lib borayotganidan, nevara-chevaralarim sog‘lom o‘sib-ulg‘ayayotganidan quvonaman. Shunday kunlarga yetkazganiga shukr. Tinch-osoyishta, farog‘atli zamonda yashab, xotirjam hayot kechirishdan ortiq baxt bormi dunyoda?! Bularning barchasiga bosh-qosh bo‘layotgan Yurtboshimizning umrlari uzoq bo‘lsin!
Dasturxon to‘rida qo‘r to‘kib o‘tirgan bobosining so‘zlariga quloq solib turgan 9 yoshli Bilol otaxonga turli savollar beradi. Odil ota yosh boladay miriqib kuladi: “G‘alabani ko‘rish menga nasib etdi. Biroq, jang maydonlarida qanchadan-qancha safdoshlarim, quroldoshlarim qolib ketdi. Ular hozirgi dorilomon kunlarga yetib kelolmadi. Shunday zamonlarga yetkazganiga shukr qilaman-da, bolam. Bu sevinch, quvonch, shukronalik yoshlari...»
Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirlar barcha tuman va mahallalarda davom etmoqda. Joylarda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, mahalla faollari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida faxriylarning yoshlar bilan uchrashuvlari, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.