FAZLIDDIN G’OIBNAZAROV OLIMPIADA O’YINLARIDA MILLIY TERMA JAMOAMIZ HISOBIDAGI TO’RTINCHI OLTIN MEDALNI QO’LGA KIRITDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida bokschimiz Fazliddin G‘oibnazarov oltin medalni qo‘lga kiritdi. 64 kilogramgacha bo’lgan vazn toifasida kuch sinashgan sportchimiz 2:1 hisobi bilan Ozarbayjonlik Kollazo Sotomayor ustidan g’alaba qozondi.
Musobaqalar davomida Fazliddin jami beshta jang o’tkazib, ularning barchasida g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Bronza medallari rossiyalik Vitaliy Dunaytsev hamda germaniyalik Artyom Xaritunyanga nasib etdi.
Ayni paytda O‘zbekiston sportchilari 4 oltin, 2 kumush va 7 bronza medal bilan umumjamoa hisobida 21-o‘rinda bormoqda. Boks bo’yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Olimpiada o’yinlarida birinchi o‘rinni egalladi.
"Jahon" AA, Rio de Janeyro